Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - In Front Of Your
. Qaqnus - Mal De music
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanadi


O‘tgan dam olish kunlarida respublika hududlariga g‘arbiy sovuq havo massalari kirib keldi. 24 noyabr kuni yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda esa kuchli bo‘ldi, respublika hududlarning ko‘p qismida yomg‘irni qorga aylanishi kuzatildi. Kunduzgi harorat 2-5 daraja iliq bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV.

Yakshanba kuni respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchilik kuzatilmadi, lekin sovuq havo massalari ta’siri saqlanib turdi: harorat kechasi 4-7 daraja sovuq, shimolda 10-12 daraja sovuq, kunduzi esa 3-5 daraja iliq atrofida bo‘ldi. Sovuq front o‘tishi natijasida shamol 15-20 m/s.gacha, ba’zi joylarda 22-25 m/s.gacha kuchayishi kuzatildi.

Qayd etilishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston hududlariga Turkmaniston hududlaridan nam havo massalari kirib keladi, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi: tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, 27 noyabrda ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin. Havo harorati biroz pasayadi va 27 noyabrda 2-7 daraja iliqni tashkil etadi.

28 noyabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 29-30 noyabrda iliq va quruq havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Bildirilishicha, qish mavsumining birinchi oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan kutib oladi. 1 dekabrda respublika hududlarining ko‘p qismida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin) bo‘lishi mumkin. 2 dekabrda quruq va sovuq ob-havo o‘rnashadi. Harorat foni 7-9 darajaga pasayadi, 2 dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6355 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qish, haqiqiy, ob-havo, Dekabr, oyi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:05
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное