Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Kuz ertagi-soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dekan o‘rinbosari tajovuz qilgani aytilgan qizning nomaqbul videolari tarqaldi. Odamlar nima deyapti?
Joriy yilning oktyabr oyida jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lgan Toshkent davlat Pedagogika universiteti fakulteti “zamdekani” Bog‘abek Yo‘ldoshev va talaba qiz Mushtariy Komilova mojarosi atrofida munozaralar qayta “jonlandi”.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda rossiyalik bloger tomonidan Mushtariy Komilovaning nomaqbul holatdagi videolari sizdirildi. Buning ortidan talaba Komilova atrofida yana muhokamalar boshlandi.

Xususan, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov tarqalgan video yuzasidan munosabat bildirib, ilm maskanida nomaqbul ishlarni qiladigan bunday xodimlar bo‘lishini qoraladi.

“Peduniversitetdagi qizning turli videolari tarqalyapti. Deylik, o‘sha qiz yomon emas, o‘ta yomon. Lekin ta’lim va tarbiya uchun javobgar bo‘lgan dekanat bunday holatlarni bartaraf etish o‘rniga ishtirokchi, bevosita  ijrochi bo‘lgani uchun ham aybdor. Qiz yoshlik qilgandir, lekin dekan o‘rinbosari yosh emas. Domla domladek yurishi kerak. Ilm maskanida shu ishlarni qildimi, yedimi? To‘lasin! Dekanlarni bu ahvolini ko‘rib, ertaga bunday muhitni ko‘rgan ota-ona qanday qilib o‘z farzandini ishonib, xotirjam o‘qishga yuboradi? Masala shunda. Ta’lim maskanida bunday ishni qilgan har qanday mas’ul rahbarlar jiddiy jazolanishi kerak. Hammaga o‘rnak bo‘ladigan darajada jazolansin.

Endi videoni kim tarqatyapti? U qiz uni qaysidir erkakka  yuborgan-da. Ayol kishiga bo‘lmasa kerak. Qaysidir erkak chiqardida o‘sha videoni ham. Agar o‘sha odam mard bo‘lsa, bu qizning ushbu videosiga o‘z javob videosi yoki yozgan tekstini ham yuborsin. Xullas bunday erkaklarni hezalak deydi. Aytmoqchimanki, qiz deylik yomon bo‘lsa ham yigitlar undan ko‘p pastkashlik qilishyapti. Maydalashib, jirkanchlashib, ketyapmiz kundan kunga. Buning hammasi ilmsizlik oqibati. Boshqa sabab yo‘q”, deydi Allamjonov.

Huquqshunos-bloger Zafarbek Solijonov ham voqea yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

“Men sud hukmini kutish kerak, undan so‘ng sud hukmi asosida o‘z fikrimizni bildirishimiz mumkin va adolatdan bo‘ladi deb, chiqish qilgan edim. Bundan tashqari o‘sha qiz va uning onasi bergan intervyusida bir qancha savollar paydo bo‘lgani haqida o‘z munosabatimni bildirgan edim. Asosiy urg‘u kutish rejimi haqida edi. Biroq, mening ushbu pozitsiyamga ham o‘zining salbiy munosabatini bildirib, meni qandaydir “zakaz”larni bajarganlikda ham ayblaganlar topildi.

Bugun ham o‘sha pozitsiyani saqlaymiz. Voqealar rivojida amaldagi TDPU rektori ishdan olindi va bu jamoatchilik tomonidan ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.”Nima rektor har bitta holatni nazorat qilishi kerakmi? Sud hukmi chiqmasdan turib rektorni lavozimidan olish nohaqlik”, degan fuqarolar ham bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Iskandar ismli bloger va “Ozodlik radiosi”da u qiz haqidagi bir qancha videolar tarqatildi. “Sukut saqlama” loyihasida chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, bu videolar joriy yilning bahorida olingan va qiz yigitiga yuborgan bo‘lgan. Biroq bu video qanday qilib tarqalib ketgani haqida ham savol paydo bo‘lmoqda. “Jabrdiyda” deb aytilayotgan tarafning aytishicha bu aynan o‘sha tergovchi tomonidan chiqarib yuborilgan bo‘lishi mumkin”, deya vaziyatga munosabat bildirgan.Shuningdek, u tarqalgan videolar qizni yomon, "zamdekan"ni esa, yaxshi deyishga asos bo‘la olmasligini urg‘ulagan. Vaziyatga bir tomonlama emas, huquqiy jihatdan yondashish kerakligi ta’kidlangan.

Uning fikricha, video chiqqanidan so‘ng, qizni ayblab turgan tarafning pozitsiyasi yanada mustahkamlanishi mumkinligi xavotirli. Bloger video aynan kimga yuborilgani noma’lumligi avval, buni aniqlash va "zamdekan"ga yuborilgan taqdirda ham, u 100 foiz zo‘ravonlik qilmaganligiga dalil bo‘la olmasligini ta’kidlagan.

Joriy yilning 21 dekabr kuni o‘tkazilgan “Toshkent yoshlar forumi”da talaba Mushtariy Komilova Toshkent davlat pedagogika universitetida dekan o‘rinbosari lavozimida ishlovchi Bog‘abek Yo‘ldoshev nafaqat Mushtariy Komilovaga balki, uning boshqa kursdoshlariga ham turli so‘zlar bilan shilqimlik qilganini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, jabrlanuvchi Mushtaribonu Komilovaning iddaosiga ko‘ra, u joriy yilning 18 oktyabr kuni “Zulfiya” nomidagi davlat mukofotiga tavsiyanoma olish maqsadida yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev xonasiga kirgan. Dekan xonasidan hamma chiqib ketgach, eshikni qulflab, unga tegajog‘lik qilgan. Qizni divanga yotqizmoqchi bo‘lganda, u qarshilk ko‘rsatgan va deraza oldiga borib qolgan. Niyatiga yetolmagan Bog‘abek Yo‘ldoshev uni itarib yuborgan.

Shu bilan birga, dekan o‘rinbosari Bog‘abek Yo‘ldoshev tergov vaqtida talaba qizning o‘zi yigitidan qo‘rqib derazadan sakraganini aytgan.

Hozirda Bog‘abek Yo‘ldoshev hibsga olingan. Holat bo‘yicha Yakkasaroy tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi (“Nomusga tegish”) va 105-modda (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bo‘lib o‘tgan voqea tavsilotlari OAV vakillari tomonidan yoritilib, ommaga taqdim etilgan va aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lgandi.

Shuningdek, mazkur holatdan so‘ng Vazirlar Mahkamasi qarori bilan  Qirg‘izboyev Abdug‘affor Karimjonovich Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlanib, sobiq rektor Alisher Umarov lavozimidan ozod etildi.

Qayd etish kerakki, ushbu holatga mamlakat Prezidentining to‘ng‘ich qizi – Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik Kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva munosabat bildirib, “talaba qizlarga nisbatan shilqimlik – jiddiy muammo” ekanini ta’kidlagan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 15064 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘rinbosari, aytilgan, qilgani, tarqaldi, tajovuz, deyapti?, dekan, NIMA, qizning, nomaqbul, videolari, odamlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное