Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Milliy universitet dekani va uning o‘rinbosari pora bilan ushlandi


Joriy yil 15 avgust kuni fuqaro R.X. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xodimlari Yu.J. va A.Q.lar shu universitet magisturaturasi “Ijtimoiy fanlar” fakultetining psixologiya yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini ma’lum qilgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUning Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini bo‘lib ishlovchi Yu.J. universitetning Fizika fakulteti binosida fuqaro R.X.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan. Yu.J. o‘zining jinoiy sherigi A.Q. bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, ushbu pullarni olganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (pora olish: bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.J. va A.Q.lar qamoqqa olingan.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a’zolariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2931 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ushlandi, dekan, o‘rinbosari, pora, Milliy universitet, uning, bilan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное