Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Jizzaxda bandlik bosh boshqarmasi amaldori pora bilan ushlandi
Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlagan mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushdi. 

Viloyat ichki ishlar boshqarmasiga Jizzax shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, kasb-hunarga o‘qitganlik to‘g‘risidagi sertifikat tayyorlab berish evaziga pora talab qilinayotganini avvaldan ma’lum qiladi.

Jizzax viloyati bandlik bosh boshqarmasida mas’ul lavozimda ishlab kelgan Sh.Sh. kasbga o‘qitish bo‘yicha sertifikat tayyorlab berish uchun (IIBga ariza bilan murojaat qilgan) fuqarodan xizmatlari evaziga 400 AQSH dollari berishini talab qilgan.

Qayd etilishicha, viloyat IIB mutasaddi xodimlari bilan kelishilgan holda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Sh.Sh. Mirzacho‘l tumani kasb-hunar markaziga tegishli mutaxassislik sertifikatini soxtalashtirgan holda 400 AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lib, oldindan 1 million 100 ming so‘mini – 100 AQSH dollari hisobida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 681 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshqarmasi, bandlik, bosh, ushlandi, Jizzax, bilan, pora, amaldori
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:26
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное