Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Di Kaprio «Oltin globus» mukofotini qo‘lga kiritdi

11 yanvar kuni Los-Anjelesda kino va televidenie sohasidagi nufuzli mukofot sanaladigan «Oltin globus» (Golden Globe Award) mukofotlarini g‘oliblarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Eng yaxshi dramatik aktyor» yo‘nalishi bo‘yicha mukofot Leonardo Di Kaprioga berildi.
Unga bu mukofot 7 yanvar kuni Rossiya kinoprokatiga chiqarilgan «Omon qolgan» (The Revenant) filmi uchun berildi. Bu uning uchinchi marta «Oltin globus» olishi hisoblanadi.
G‘oliblik uchun nomzodlar orasida Eddi Redmeyn ("Daniyalik qiz"), Maykl Fassbender ("Stiv Jobs") Uill Smit ("Himoyachi") va Brayan Krenston ("Dalton Trambo") kabi aktyorlar nomi bor edi.
2015 yilda «Stiven Xoking olami» (The Theory of Everything) kartinasidagi ijrosi uchun Eddi Redmeyn eng yaxshi aktyor deb tan olingandi.
«Xona» (Room) kartinasidagi roli uchun Bri Larson esa eng yaxshi dramatik aktrisa deb topildi.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2301 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Oltin globus, Di Kaprio
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное