Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Pazanda - Sad Love
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Klon-soundtreck
. Pazanda - Im Loving You
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Pazanda - Soundtrack
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Diana Yagofarova: “Ba’zan men o‘sha aktrisaman, deb aytishga uyalardim”

2008—2009-yillarda qator filmlardagi rollari bilan tanilgan aktrisa Diana Yagofarova o‘n yillik sukut va tanaffusdan so‘ng ilk marta “The Mag” jurnaliga intervyu berdi. Aktrisaning aytishicha, o‘tgan 10 yil ichida u o‘zligini izladi.

“To‘g‘risini aytsam, o‘zligimni izlash jarayoni oson kechmadi. Ba’zida men bu men ekanligimni tan olmay qo‘ydim. Meni tanigan odamlardan qochishga urindim. Ko‘chada yurganimda, ‘Super kelinchak’dagi aktrisamisiz?, deb so‘rashsa bunday film haqida birinchi marta eshitishim, deb javob berardim va u men emasligimni aytardim.

O‘zimni boricha qabul qila olmaslik ancha uzoq vaqt davom etdi. Lekin, vaqt hamma narsani davolar ekan. Ajoyib kunlarning birida mendan ‘Sizdan bir narsa so‘rasam maylimi?’, deb so‘rasha, uning gapini bo‘lib, ‘Ha, men o‘shaman’, dedim. Ichimdan nimadir uzilgandek bo‘ldi, shunda o‘tmish o‘tmishda qolganini angladim”, — deydi aktrisa.

Diana Yagofarova o‘tgan vaqt ichida interyer dizayneri kursini tamomlab, 3Ds Max dasturini o‘zlashtirgani haqida so‘zlab berdi.

“Men dizayn sohasini chuqur o‘rganish niyatida arxitektura institutiga o‘qishga kirmoqchi bo‘ldim. Biroq shu payt turmush o‘rtog‘im bilan ancha paytgacha biz kutgan holat yuz berdi. Men homilador ekanman. O‘qishga kirish rejasini ortga surishga to‘g‘ri keldi. Men to‘ng‘ich o‘g‘lim Temurni dunyoga keltirdim. Ikki yil-u uch kundan so‘ng mening ikkinchi o‘g‘lim Amirsaid dunyoga keldi.

Yaqinda sochlar bo‘yicha uslubchilikka o‘qidim. Bu soha menga har doim qiziq bo‘lgan, ayniqsa sochlarga rang berish. Biroq har doim yangi ish bilan shug‘ullanishga urinishlarimda menga nimadir yetishmayotganini his qilaman. Hozir esa men katta ishlar qilish uchun tayyorligimni his qilyapman”, — deydi Diana.



Manba:daryo.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 17320 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Diana Yagofarova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное