Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilfuza Ismoilova o‘z suratlari tarqalishida Ozoda Nursaidovani aybladi

Xonanda Ozoda Nursaidova bugun, 20 yanvar kuni o‘zining feysbukdagi sahifasida bir necha kundan buyon internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan xabarga munosabatini bildirdi.
Qalampir.uz sayti xabariga ko‘ra, xonanda Dilfuza Ismailovaning davrada raqsga tushayotgan holdagi suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Bunda u Ozoda Nursaidovani ayblagan.
Suratlarda xonandaning sariq libosda raqs tushayotgani aks etgan.
Bu borada Dilfuza Ismoilova shunday izoh bergan: “Ozoda Nursaidova 14 yil avval onasining tavallud kuniga taklif qilgan edi. Bu suratlar o‘sha tug‘ilgan kundagi video tasvirdan “stop kadr” qilib olingan. Odamlar shu darajada insofsiz, vijdonsiz bo‘lib ketishganiga hayronman. Boshqa san’atkorlarning menikidan-da battarroq suratlari tarqalsa ham hech kim “g‘ing” demayapti. Menga hasad ko‘zi bilan qaraydigan, qabih odamlar doim meni yomonotliqqa chiqarishadi".
Bugun esa mazkur xabarga Ozoda Nursaidovaning o‘zi munosabat bildirdi: “Nima bu? O‘ziga e’tibor tortish uchun qilingan piar aksiyami yoki boshqa bir insonning shaxsiga nisbatan qasddan tuhmat tarqatish “uyushmasi”ga bevosita a’zolikmi? Bunaqa fisqu fasod va arzon uyushtirilgan narsalarda kimningdur nomini qo‘llashdan oldin o‘ylash kerak, menimcha...”, -deydi xonanda.
U Dilfuza Ismoilovaning chindan ham o‘zidan gumoni bo‘lsa, nega qo‘ng‘iroq qilib so‘ramaganidan taajjublangan.
Xabarlarda ushbu tushunmovchiliklarga sabab bo‘layotgan suratlar yanada keng tarqalmasligi uchun berilmayapti.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11399 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Ozoda Nursaidova, Dilfuza Ismoilova
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное