Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Hayot Sinovlari - Gulim
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
. Ishq Ertagi - Title sound
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Sherlock Holmes - soundtreck (offical)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Soundtreck-Великолепный Век
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Dilso‘z va Ziyodaning munosabatlariga darz ketdi...mi?

Qo‘shiq omadli bo‘lsa, xonandaning boshiga baxt qushi qo‘ngani deyavering. Buyog‘i to‘y, konsert degandek... Bugun shou-biznesda yangi yo‘nalishda qo‘shiq yaratish, to‘g‘riroq qilib aytganda, xit qo‘shiq taqdim etish anchayin mushkul ish bo‘lib qoldi. Buning uchun faqat iqtidorning o‘zi kamlik qiladi. Yaxshi bastakor va shoirlarni izlab topa bilish, ularning kayfiyatiga qarab hisoblashish kerak.

Yaqindagina “Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z “Uylanasizmi, yo‘qmi?” nomli qo‘shiq kuylagan edi. Bu taronani tinglovchilar juda yaxshi kutib olyapti. Uzunquloq gaplarga qaraganda, shu qo‘shiqni deb O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilova va Dilso‘zning munosabatlariga darz ketgan. Gap shundaki, qo‘shiq musiqasi va she’ri muallifi uni ilk bor Dilso‘zga eshittirib ko‘rganida, xonanda bu qo‘shiq unchalik yoqmaganini, boshqa ashula kuylamoqchiligini ma’lum qilgan. Bu orada esa qo‘shiqqa Ziyoda ega chiqadi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, Dilso‘z fikridan qaytib, Bahodir Nizomovga qo‘ng‘iroq qiladi. Tabiiyki, Ziyoda ham “Uylanasizmi, yo‘qmi?”ni o‘zida olib qolish uchun tish-tornog‘i bilan harakat qilgan. Biroq Dilso‘zning ko‘z yoshlari Ziyodaning ham, Bahodir Nizomovning ham yuragini yumshatib yuborgan. Xullas shu tariqa qo‘shiq yana Dilso‘zga nasib etdi. Ammo ikki xonanda ham bu holatni biz eshitgandek talqin qilgani yo‘q.

Ziyoda Qobilova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

— Dilso‘z bilan munosabatlarimiz o‘sha-o‘sha, qo‘shiq talashibdi, degan gaplar noo‘rin. Bu qo‘shiqni men ham aytmoqchi bo‘lganim rost, lekin mendan avval uni Dilso‘z kuylamoqchi bo‘lganini eshitib fikrimdan qaytgan edim.
 
Dilso‘z, “Nihol” mukofoti sovrindori:

— Bahodir Nizomov bu qo‘shiqni avval menga, keyin Ziyodaga eshittirgan. Men eshitgan zahotim kuylayman deb aytgan edim. Ziyoda bilan o‘rtamizda janjal chiqqani yolg‘on. Yaqinda Gulsanam Mamazoitovaning konsert dasturlarida ko‘rishgan edik, munosabatlarimiz buzilgani yo‘q.
 
Dilso‘z va Ziyoda o‘rtadagi gap-so‘zlarni yashirishga harakat qilishgan bo‘lsa-da, masalaga bastakor Bahodir Nizomov oydinlik kiritdi va tarqalgan gaplar haqiqatga yaqin ekanini isbotladi.

Bahodir Nizomov, bastakor:

— Qo‘shiqni birinchi bo‘lib Dilso‘zga eshittirgan edim. Javobini ma’murimda aytib yuboraman, dediyu bir hafta yo‘q bo‘lib ketdi. Men qo‘shiq yoqmagan bo‘lsa kerak, deb uni Ziyodaga berdim. Ziyoda bilan musiqalarni yozish ishlarini boshlagan edik hamki, Dilso‘z qo‘ng‘iroq qilib qo‘shiqni olmoqchiligini aytdi. Bilishimcha, u qo‘shiqni olamiz, deb ma’muriga xabar bergan, biroq ma’muri bu gapni menga yetkazmagan.

Dilso‘z bu qo‘shiqni aytoydil kuylagisi kelib, yig‘lagani uchun ham Ziyodaning oldida uyatli bo‘lib qolsam ham qo‘shiqni Dilso‘zga olib berdim. Bor gap shu...

Ta’bir joiz bo‘lsa, Bahodir Nizomov bugungi kunda o‘zbek shou-biznesida eng talabgir bastakorlardan biri bo‘lib bormoqda. Uning shuhrat topishida xonanda Ziyodaning hissasi katta. Xuddi shu nuqtai nazardan olib qaraganda, Ziyodaning oxirgi yillarda kuylayotgan qo‘shiqlari xit bo‘lishida ham Bahodir Nizomovning o‘rni buqiyos. Ma’lumotlarga qaraganda, Ziyoda Bahodir Nizomov bilan hamkorlik rejalarini oldidan ko‘zlab, undan bir emas naq 20 ta qo‘shiq sotib olgan. 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 7353 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Dilso'z, Ziyoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NILUFAR89 SHÖX ASHULA BÖLSA ZIYODA ETGANI YAXSHIDI OMAD ZIYODAGA
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное