Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Dineyra muxlislari uchun uzoq kutilgan tarona

Bir necha yillardan buyon san’at olamida xonanda va aktrisa sifatida yaxshi tanish bo‘lgan Dineyra shu kunlarda ko‘plab muxlislarning sog‘inchiga sabab bo‘lmoqda. Qo‘shiqlari bilan doimo muxlislarini xushnud etib kelgan ijodkorning tanaffusi biroz cho‘zilib ketib, natijada turli savollar paydo bo‘lmoqda. 
Balki Dineyra ham sog‘inch hissini his qilgan holda, yangi qo‘shig‘ini aynan shu mavzuga bag‘ishlagandir?! Bugun xonanda tomonidan taqdim etilgan tarona "Sog‘inaman" deya ataladi. 
"O‘zbegim Taronasi" radiosi orqali ilk bora jarang sochgan qo‘shiq Dineyra ijodida alohida o‘rin tutishini ma’lum qildi. "Sog‘inaman" nomli qo‘shiqning matni Dineyraning yoshlik davridagi do‘sti Sanjar Djarberdiev tomonidan yozilgan. Aytish kerak, Sanjar yosh bo‘lsa-da, o‘z iste’dodi bilan tez orada san’atkorlar oarsida ham mashhurlikka erishsa, ajab emas. Bugungi premera uning uchun ham hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi, desak adashmagan bo‘lamiz. Taronaning musiqasini Jasur Abdurahmonov bastalagan bo‘lsa, aranjirovka muallifi Sergey Rahmatovdir. 
Dineyraga xos raqsbop yo‘nalishda va yoqimli ohangdagi tarona tinlovchilarning ijobiy fikrlariga ega bo‘lib, olqishlarga sazovor bo‘la oldi. Aksariyat tinglochilar yangi qo‘shiq ila Dineyraga o‘z ezgu tilaklarini izhor etishdi. Taronaning matni ham alohida e’tirof etib o‘tildi. 
Dineyra unga ilhom bag‘ishlovchi bahor faslida ketma-ket yangi qo‘shiqlar taqdim etishga tayyorlanayotganligini ma’lum qildi. Xozircha saytimiz orqali Dineyra ijrosidagi "Sog‘inaman" taronasini tinglab, baho bering!
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 2422 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Dineyra
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Muslima979797 Kim bu
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное