Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TANLOVLAR

“Diplom ishini kimga yozdiryapsiz?” yoxud bitiruv ish necha pulga tushadi?

Bugun jamoat transportida ikki nafar bitiruvchi talabaning suhbatiga guvoh bo‘ldim. Ulardan biri diplomini yozdirishga ancha-muncha puli ketganligi haqida nolib qoldi. Ikkinchisi esa hozir ko‘pchilik diplomni pulga yozdirayotganligini tasdiqlab, o‘rtog‘idan buning uchun qilgan sarf-xarajatlarini so‘radi.

 
Ushbu muloqot meni taajjubga soldi: nahotki yurtimizning kelajagi bo‘lgan yoshlar o‘zlariga berilayotgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilib, oliy ta’lim maskanida olgan bilimlarini yanada mustahkamlash uchun yoziladigan bitiruv malakaviy ishni birovga ishonayotgan bo‘lsalar... Yoki bu dangasa talabalarning o‘zini oqlash uchun o‘ylab topgan bahonalarimi? Ushbu savolga javob olish maqsadida ijtimoiy tarmoqqa fikr tashladik...

G‘ayrat Yo‘ldoshev: — Dolzarb mavzu ko‘tarilgan. Mamlakatimiz taraqqiyotini orqaga surayotgan illatning boshi mana shu talabalikdan boshlanayapti. Ya’ni pul berib o‘qishga kir, pul berib baho ol, pul berib diplom ishi yozdir va diplom ol, keyin esa pul berib ishga joylash. Oxirida o‘sha talabalar bergan pullarini ishga kirgandan keyin "ber-ber"- deya tama’agirlik orqali chiqarishadimi?

Nazokat Azim: — Menimcha, talabalarning ota-onalarida ham gap ko‘p. O‘zing o‘qi, pul bermayman, deb qattiq tursa, ular o‘qiydi. Bizlar o‘qigan paytda ham pulga hamma ishini bitiradigan talabalar kam emasdi...
 
Farhodbek Yusupov: — O‘zing yozsang o‘tkazisharmikin?
Elyor Irgashev: — Bu jarayonda ayrim o‘qituvchilarning ham aybi bor. Yalqov talaba domlasiga pul tiqadi. Mo‘may pul ishlashni kasb qilgan ayrim domlalar talabaning o‘zi izlanib, yozib kelgan diplom ishini esa, o‘qimasdan qaytaraveradi. Ammo qo‘ldagi barmoqlar barobar bo‘lmaganidek, shunday professor o‘qituvchilarimiz ham bor-ki, ularning qo‘l ostida izlanib diplom ishlarini yozgan sobiq talabalar hozirgi kunda yurtimizning barcha sohalarida muvaffaqiyatli ish yuritib, yurtimiz salohiyatini oshirib kelmoqda.

A’lochi talaba: — Darhaqiqat bugungi kunda dangasa bitiruvchilarning diplom yozdirishi imkoniyati juda keng. Hatto ko‘chalarda ham “Diplom yozib beraman” degan ko‘plab e’lonlarga ko‘zimiz tushadi. Bu ishning bahosi salmog‘iga qarab, 150 dan 400 AQSh dollarigacha baholanmoqda.

Sobiq talaba: - O‘zMUning jurnalistika fakultetini bitirganman. Esimda, o‘shanda ham kimdir bilimga tayanib, "diplom" yozishga kirishgan, kimdir, "buyurtma" berib, o‘zi yallo qilib yurardi. O‘shanda hazrat Alisher Navoiyning ijodi bilan bog‘liq bir mavzuni tanlagan edim. Ancha-muncha kitob titkiladim, yetuk adabiyotshunos olimlardan maslahat so‘radim, xullas, anchayin ter to‘kdim. Ammo, g‘alvir suvdan ko‘tarilgan paytda mening xam, pul evaziga diplom yozdirgan kursdoshlarimning ham ishlari bir xil mezon asosida baholandi. O‘shanda bundan anchagina ranjigan edim. Ammo, o‘ylab qarasam, shuncha mehnatlarim behuda ketmagan ekan. Axir shu ish tufayli men ulug‘ bobomizni anglash sari bir necha qadam qo‘ygan ekanman. O‘sha kichkina ish tufali qancha kitob titkiladim, ma’lumot to‘ppldadim, tasavvurimni boyitdim.

Rost, o‘sha kursdoshlarim ham o‘z yo‘lini topib ketdi. Ammo,

bitta narsaga baribir achinasan, kishi. Diplom ishini pulga sotib olish bilan nima o‘zgaradi? bu bilan bo‘lg‘usi mutaxassis faqat o‘zini emas, jamiyatni ham aldamasmikin?
 
To‘lqin Eshbek, dotsent, filologiya fanlari nomzodi: — Pulga yozdirayotganlar avvalo o‘zining pul bilan o‘qishga kirganini isbotlamoqda. Unaqalar hech qachon yetuk kadr bo‘la olmaydi. Ular kelgusida ham biror ishni o‘zlari eplolmaydi. Eng qizig‘i, ana shunday dangasa talabalarning ishini bitirib berayotgan muttahamlar ham aslida yangi narsa yozayotgani yo‘q va yozolmaydi ham. Ilgarigi ishlarni yumaloq-yostiq qilib qoralab berishmoqda. Bunday illatlarga barham berishning samarali yo‘llaridan biri - hamma ilmiy ishlarni tegishli saytlarga joylab qo‘yish kerak!

Balki, ta’lim sohasida qandaydir islohotlar, yangiliklar qilish maqsadga muvofiqdir. Malakaviy bitiruv ishi yoza olmaydiganlarga boshqa topshiriq, masalan, fanlardan qo‘shimcha imtihonlar topshirish talab qilinsa, yaxshi bo‘larmidi... Har qalay, ko‘chirmakashlik yoki birovlarga poyintar-soyintar qilib yozdirgandan ko‘ra, tuzukroq bo‘larmidi, deyman-da. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi.
 
O‘zMUda talabalarga baho qo‘yishning eng ilg‘or usuli - Modul tizimi joriy etildi. Talabalarga baho qo‘yishda qandaydir salbiy illatlarga ancha barham berildi. Talabalar uchun ham juda qulay. Qachondir diplom ishi yozishda ham shunday ilg‘or usullar chiqib qolishiga umid qilaman.
 
Ramkada

Bitiruv malakaviy ishni bajarish – oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’limining yakuniy bosqichidir.

Bitiruv malakaviy ishning vazifalari:
 
olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo‘yicha tayyorlash sohasida ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
 
mustaqil ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o‘rganishga bo‘lgan bilimlarni egallash;
 
tadqiqot, tajriba-sinov va loyihalash metodikalarini o‘zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
 
real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon bo‘lishi;



tanlangan mavzu bo‘yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, hodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
 
mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;
kasb-hunar ta’limini samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.

Bitiruv malakaviy ish qanday baholanadi?
 
Bitiruv malakaviy ishni asosiy baholash mezonlari quyidagilardan iborat:
·         mavzuning dolzarbligi va yangiligi, uni ishlab chiqishning murakkabligi;

ko‘rilayotgan masala bo‘yicha mahalliy va xorijiy manba va maxsus adabiyotlardan to‘la foylanilganligi;
 
·         tadqiqot ob’ekti bo‘yicha daliliy ma’lumotlarni to‘liq va sifatli to‘planganligi;
qo‘yilgan masalani hal qilishda metod va vositalardan foydalanishning tasdiqlanganligi;
 
·         olingan natijalarni tahlil qilib, sharhlay olinganligi;
·         xulosa, taklif, tavsiyalarning ilmiy, uslubiy va amaliy ahamiyati hamda ularni isbotlanganlik darajasi va real tadbiq etish imkoniyatlari;
·         materialni aniq va to‘g‘ri, xatosiz bayon etilganligi, ishni sifatli rasmiylashtirilgani, mazkur «Metodik qo‘llanma» talablari hisobga olinganligi;
bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy masalalar bo‘yicha munozara yurita olinganligi, DAK a’zolarining savollari va taqrizchilar kamchiliklariga berilgan javoblarning to‘g‘ri va chuqur ifodalanganligi.
 
 Tahririyatdan: Har yili mamlakatimizda minglab yigit-qiz oliy o‘quv yurti talabasi degan faxrli nomga sazovor bo‘ladi. Taxminan yana shunchasi o‘qishni bitirib, mutaxassislik diplomini qo‘lga kiritadi. Demak, to‘rt-besh yillik saboqlar, mehnatu mashaqqat, oltinga qiyoslanadigan talabalik davrini ortda qoldiradi. Kimdir umrining ana shu hissasini ilmu ma’rifatga bag‘ishlab, o‘zi tanlagan sohasiga oid bilimlarni egallasa, boshqa birovlar faqat diplom atalmish bir parcha charm muqovali hujjatga "ilinib" qoladi, xolos

Albatta, oliy ta’lim dargohida o‘qishdan maqsad ana shu bir parcha kogozni qo‘lga kiritish bo‘lmasligi kerak. Zero, yoshlarimizning bilm olishi, yuksak cho‘qilarni zabt etishi uchun hukumatimiz tomonidan barcha shart sharoitlar yaratilayotgan bir paytda, har bir yigit-qiz ana shu yuksak umid va ishonchni oqlashga kat’iy harakat qilmog‘i lozim.
Laylo Rustamova tayyorladi


Категория: TANLOVLAR
Просмотров: 6000 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Diplom ishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
Nasibaxon Ozi yozgan diflom ishni 1000savol va kamshiliklarni topishadi
Like | 0
Baxodir1997 Xm"
Like | 0
Baxodir1997 Xm"
Like | 0
аватар отсутствует Uzing yozasanmi yoki yo'qmi BARIBIR PUL BERASAN
Like | 0
nodirbekturakulov mani ozim yozvoman ozi yozadganlayam kooop
Like | 0
ADMINISTRATOR Harakat qilsa buladi
Like | 0
Damir_95_ vashi qiyinku
Like | 0
X_shaxrizod_x Uzi yozsa buladiyu 400$ jalka
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное