Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. So'nmas Sevgi - Soundtreck
. Qirolicha - Stakan Version
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Dizayn” jamoasining 2015-konsert dasturi haqida batafsil

Ayni damda  “Istiqlol” san’at saroyida “Dizayn” jamoasining konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Kuni kecha mazkur dasturning eng yorqin sahnalari muhrlangan fotoreportajni ham taqdim etgan edik. Endi esa dastur haqida batafsil to‘xtalamiz.

Konsertning 3-kuni bo‘lishiga qaramay, zal muxlislar bilan to‘la. “Dizayn” jamoasining ijodiga qiziqqan va ularning ashaddiy muxlislari bir joyga jamlangan edi. Shu bilan birga san’atimizning yorqin vakillari ham ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash niyatida dasturda ishtirok etishdi.
“Dizayn” jamoasi sahnaga kutilmagan obrazlarda birin ketin o‘z hazillari bilan kirib kelishdi va dasturni ochib berishdi. Jamoaning ilk chiqishidanoq, tomoshabinlar jonlanib, zalda bir zum ham kulgu tinmadi. Ana undan so‘ng yosh va iqtidorli ijodkor Hadicha Qurbonova o‘zining raqsbop qo‘shig‘ini armug‘on etdi. Guruh ijodkorlaridan bir Qobil Karimberdiev efirga uzatilayotgan taronalar va ularning ijrochilarini o‘z hazillari bilan tanqid qildi. Ana undan so‘ng jamoaning navbatdagi sahna ko‘rinishiga navbat berildi. Unda “Kesak topdi” qishlog‘i vakillari o‘tkazgan majlis tasvirlangan. Bu sahna ko‘rinishida nafaqat “Dizayn” jamoasi, balki, boshqa ijodkorlar ham ishtirok etishdi. Jumladan, Zamira Beshimova, Dilshod Mirzamurodov va boshqalar. Unda  bu ijodkorlar umuman kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘lishdi va shuning o‘zi muxlislarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi. Ularning har bir xatti-harakatidan tomoshabinlar kulgudan o‘zlarini to‘xtata olishmadi. Dilshod Musabekov keyingi chiqishida bolalikni eslab, ham kuldirdi, ham yig‘latdi. Dastur mexmonlaridan biri Doston Ubaydullaev o‘zining sho‘x qo‘shig‘i bilan tashrif buyurganlarga yuqori kayfiyat ulashdi.
“Dizayn” jamosi bundan oldingi konsert dasturlaridan birida “Restoran” deb nomlangan sahna ko‘rinishini taqdim etgan edi. Uning davomi sifatida “Restoran-2” nomli sahna asari taqdim etildi. Unda san’atimizning yosh va iste’dodli aktrisasi Sitora Farmonova ham ishtirok etdi. Shundan so‘ng, Sitora va Mirjamol o‘zlarining navbatdagi duet taronasini ijro etib berishdi. Jamoa ijodkorlari sahnaga tashrif buyurib, qisqa sahna ko‘rinishlarini taqdim etishga ahd qilishdi va qizlar bilan tanishish sahnasi, er-xotin muammosi sahnasi chiroyli tarzda taqdim etildi.  Tomoshabinlar albatta  o‘zgacha ruhda kutib olishdi. Qobil Karimberdiev va Sa’dulla Fatxullaev ishtirokidagi jurnalist va xonanda suhbati kutilmagan chiqish bo‘ldi. Shu bilan dasturga yakun yasaldi. 
“Dizayn” jamoasi bu galgi konsert dasturini yuqori daraja taqdim etdi. Tashrif buyurgan har bir muxlis ijobiy fikrda, eng asosiysi yaxshi kayfiyatda, ketgan vaqtiga achinmay qaytishdi. Dasturga yaxshiga tayyorgarlik ko‘rilgani, konsertga ko‘plab insonlarning mehnati singani yaqqol sezilib turibdi. Biz “Dizayn” jamoasiga mana shunday muvafaqqiyat hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.


Manba:popcorn.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11901 | Комментарии: 8 | Рейтинг: 1| Рейтинг: 2015-konsert, Dizayn jamoasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 8
5913435 Dizayn kanserti uja boru telegramlada. man ewttim 1ci kansertti ertasi kuniyo
Like | 0
richshuxrat Qachan saytga joylashtirasila konsertni..
Like | 0
loveuz Omad yor bosin
Like | 0
supper-krosata Dizayn yigitlariga bundanam yaxwi,baland chöqqilarga eriwiwligini tilab qolaman
Like | 0
oybek2001 admin Shu konsertni saytga joylang iltimos
Like | 0
icecream Konsert dasturi qachon yuklatiladi %) %) %)
админo'zi kecha bo'ldiku konsert, video turi tayyor bolishiga ham bir necha oy ketadi!
Like | 0
ulugbek1995 Qachon joylaysiz saytga
Like | 0
Mahzuna2096 Dizaynga gap yö, supper.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:24
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное