Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)

Do‘stga maslahat sifatida yaratilgan tarona Sardor Mamadaliyevdan

Iste’dodli xonanda Sardor Mamadaliev ijodidan joy olgan “Do‘stim” nomli yangi tarona uchun yaratilgan videoklip saytimiz orqali premera qilinmoqda.
“9999” studiyasi tomonidan rejissyorlar Xurshidbek hamda Nodirbek Sobirovlar boshchiligida suratga olingan mazkur klip syujet janrida bo‘lib, unda bir qator taniqli aktyorlar, ya’ni Ubaydulla Omon, Bekzod Muhammadkarimov, Shohida Ismoilova, Umid Iskandarovlar ishtrok etishgan.

Mazkur qo‘shiq shoira Farida Afro‘z qalamiga mansub ibratli va mulohazaga boy she’r asosida yaratilgan bo‘lib, unga Sardor Mamadalievning o‘zi kuy bastalagan. 
Ota-onaning qadriga yetish, e’zozlash va ularga doim hurmatda bo‘lish zarurligi haqida,  do‘stga maslahat sifatida yaratilgan tarona va unga ishlangan klip tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi bilan ham e’tiborga loyiq.
15-16 noyabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining navbatdagi konsert dasturini taqdim etishni rejalashtirgan Sardor Mamadaliev repitisiya jarayonlaridan ortib, dalada paxta terimida mehnat qilayotgan hamyurtlarimizni xam hushnud etishga ulgurmoqda. Xonanda Sirdaryoning bir necha tumanlarida paxtakorlar bilan ko‘rishib, konsert dasturlari bilan ishtrok etib qaytdi. 
Категория: MP3 KO'CHIRISH (MUSIQIY TAQDIMOTLAR)
Просмотров: 4648 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Do'stim, Sardor Mamadaliyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
aysberg Qushiq yahshi, klip ajoyib chiqqan, menimcha klip oxiriga yetkazilmagan balkim davomini ham kurarmiz yana bilmadim bu uzimdi fikrim. Sardor Mamadalievga omad.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное