Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Soundtreck (serial korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Kelin - Soundtreck (Hind serial)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Нас в набитых трамваях
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Ertagi - Title sound
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Ayol Qalbi - True Love
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Dubay iqtidorli frilanserlarga uch yillik viza berishni boshlaydi

Dubay hukumati xorijlik iqtidorli frilanserlar (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) uchun Talent Pass nomli uch yillik yangi vizani joriy etadi, deb xabar beradi Khaleej Times.

Ta’kidlanishicha, amirlik bu kabi tashabbus orqali iqtisodiyot, OAV, ta’lim, texnologiya, san’at, marketing va konsalting yo‘nalishini rivojlantirish uchun maxsus ko‘nikmalarga ega kreativ kadrlarni jalb qilmoqchi.

Yangi Talent Pass hujjati o‘z egasiga uch yillik yashash va DAFZ hududidan ofis uchun binolarni ijaraga olish hamda hozirda 1800 dan ortiq kompaniya joylashgan ilg‘or ekotizimli frizonadan foydalanish imkonini beradi.

“2021-yil bahorida ishga tushirilgan frizona hududida ijodkorlar yashashi, ishlashi, o‘z asarlarini namoyish etishi, mahsulot sotishi va mahorat darslari o‘tkazishi mumkin bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

Strategiyaga ko‘ra, yaqin 5 yil ichida Dubaydagi kreativ kompaniyalar soni 8 mingdan 15 mingga yetishi, amirlikda yashaydigan ijodiy mutaxassislar soni esa 70 mingdan 150 mingga yetishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning yanvarida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) hukumati qonunga chet elliklarning ba’zi toifalariga ushbu mamlakatda fuqarolik olish imkonini beruvchi tuzatishlarni qabul qilgandi. Unga ko‘ra, fuqarolikka da’vogarlarning arizalari hukumat hamda ijro etuvchi hokimiyatning mahalliy boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Fuqarolik olish uсhun, xususan, investorlar, ixtirochilar, olimlar, shifokorlar, rassomlar va ularning oila a’zolari da’vogarlik qilishi mumkin. Har bitta toifa uchun muayyan talablar belgilangan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 817 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Dubay, yillik, viza, boshlaydi, frilanserlarga, berishni, uch, iqtidorli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное