Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

E`TIBORSIZLIK TARTIBSIZLIKNI KELTIRIB CHIQARADI

 Bekat turli maqsad sari yo`l olgan insonlarni bir joyga jamlaydi. Men ham o`qishdan chiqib, bekatda 66-avtobusni kutib turardim. Birin-ketin 77, 32,21 -avtobuslar kelib-ketayapti, negadir "66” ning kelishi qiyin bo`ldi.

Bekatga kelib, avtobusdan tushayotgan yulovchilar qo`llaridagi muddati tugagan chiptalarni yerga tashlab yuboradilar. Shamol yengilgina esayotgan bulsa-da, bu kog`ozlarni uchirishga kuchi yetardi.

Bekatning bir tarafida 3 nafar dugona chaqayotgan pista po`choqlarini o`rindiqning bir chekkasiga tashlab qo`ya qolishdi. Kurganning havasi keladi bu qizlarga. Oydanda go`zal husn, oydanda go`zal chehralar.Ularga uzoq tikilib qolganimdan hijolat tortib, teskari burildim. Dimog`imga tamakining achchik tutuni urildi. Kostyum-shim, bo`yinbog` taqqan, chamasi 19-20 yoshlar atrofidagi yigit chekib bo`lgach, sigaret qoldig`ini bir qadam nariga uloqtirdi. Achchiqlanib yerga qaradim. Qiziq, oyog`im ostidagi tamaki qoldiqlaridan yasalgan «gulchambar»ga ahamiyat bermabman.

6-avtobus keldi. Yonimdagi 5-6 nafar maktab o`quvchisi «chug`urlab» unga otilishdi. Bir narsa taraqlab yerga tushdi. Bu ularning suv idishlari(baklajka) edi. Atrof bir zumda «chamanzor»ga aylandi-qoldi. Faqatgina bir burchakdagi ahlat uchun qo`yilgan mahsus yashikcha ichi bo`shligidan g`aribgina bo`lib turardi.

Nihoyat kutgan avtobusim keldi. Bo`sh joylar ko`p ekan, o`tirib oldim. "Hayriyat, o`tirib ketaman. Ahir ohirgi bekatgacha ozmuncha yulmi!” Uyquga ilingan kuzim onahonning «hozirgi yoshlar…» degan gapidan yarq etib ochildi. Urnimdan turib joy bo`shatdim. «Kechirasiz, ko`rmay qolibman». Kechirmadilar ! Manzilga yetib borguncha ikki ayolning hozirgi yoshlarning odobsizligi tug`risidagi bahslarini eshitib ketishga tug`ri kelishini sezib, narirok surilib, atrofga qarab keta boshladim.

Avtobusda odam ko`payib ketdi. Charchagan  qiyofadagi yo`lovchilar kupligidan atrofni ham ko`rolmadim, tusilib qoldi. To`satdan yonimda tik turib ketayotgan odamning telefoni "Gulbadan” deya honish qilishni boshladi. Bu qo`shiq boshlangan paytda yana bir go`zal qizning telefonidan "Hayolim bir o`zingda” deb qo`ng`iroq bo`lib qoldi. Ikkita musiqa umumlashmasi ajoyib bo`larkan. «Hayolim bir o`zingda… Gulbadan». Yana, har birimizning yonimizda bittadan uyali aloqa vositasi. Kamida 30 nafar odamdan 20 nafarining telefoni bo`lsa, 15 tasining jiringlab qolish ehtimoli bor. Mobodo SMS degani kelib kolsa bormi. "Qarshi oling, SMS”, "Jonim, asalim, qalaysiz endi” kabi vahima bilan "tashrif” buyuradi.

Avtobusdan tushganda esa quloqlarim ostida "umumlashma”lar hamon yangrayotgandi.

"Qarshi oling SMS… Gulbadan…Sizga qung`iroq qilishayapti… Gulbadan…Hozirgi yoshlar bezbet… Gulbadan…Mening hayolim bir o`zingda… Gulbadan”

            Kayfiyatim tushib ketdi.

 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2332 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг:
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Damir_95_ Tovba nma endi bu shunmadim
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное