Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

​​​​​​​Ekologiya qo‘mitasi 831 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzgani aniqlandi

Ekologiya qo‘mitasi 831 ta holatda tadbirkorlar huquqlarini buzgani aniqlandi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi 831 ta holatda tadbirkorlarning huquqlarini buzganligi aniqlandi.

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalarida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘rganish o'tkazildi. 

Natijada, 831 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. 527 ta holatda tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida tekshirish o‘tkazish bilan bog‘liq qonunchilik talablari buzilgan. 

Shuningdek, 185 ta holatda litsenziyalash va ruxsat berish bilan bog‘liq davlat xizmatlari ko‘rsatishda qonunchilik talablari va belgilangan muddatlarga amal qilinmagan. 

Shu bilan birga, 85 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgan. 

“Davlat ekologik ekspertiza markazi” DUK tomonidan tadbirkorlarning ekologik ekspertiza xulosasi olish yuzasidan yo‘llangan 20 ta murojaatlarining ko‘rib chiqish muddatlari o‘tkazib yuborilgan va ularga tekshiruv kunga qadar javob berilmagani ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan qo‘mita hamda uning tizimidagi tashkilotlarning 99 nafar mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 670 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘mitasi, buzgan, aniqlandi, ​​​​​​​Ekologiya, holatda, 831, tadbirkorlar, huquqlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное