Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

El-Klasiko”da zafar quchgan “Barselona” La liga peshqadamiga aylanib oldi


Ispaniya La ligasining 33-turiga kelib “Real Madrid” va “Barselona” klublari joriy mavsum hisobidan ikkinchi bor to‘qnash keldi. Tomonlarning birinchi davra “Kamp Nou”da o‘tgan o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.
“Santyago Bernabeu” arenasida “Qirollik klubi”ni ta’qib qilib kelayotgan “Barselona” futbolchilari so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Lionel Messining hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda urgan goli Kataloniya klubini turnir jadvalida peshqadamga aylantirdi.

Bunga qadar Zinedin Zidan boshqaruvida “Real” futbolchilari “El-Klasiko”ni boy berib ulgurmagandi. Kechagi o‘yinda garchi hisob Madrid klubi tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, yakunda omad “Barselona”ga kulib boqdi. Serxio Ramosning 77-daqiqaga kelib maydondan chetlatilgani o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.Real”da chempion bo‘lish imkoniyati baribir saqlanib turibdi. Ayni paytga kelib har ikki klub bir xil ochkoga ega bo‘lsa-da, Zidan jamoasi bitta kam o‘yinda maydonga tushgan. Qoldirilgan bellashuv Vigoda “Selta”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Yevropa ligasining yarim finaliga qadar yetib kelgan va Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga raqib bo‘lgan “Selta” kecha o‘z maydonida “Betis”ga imkoniyatni boy berdi.

La liga 33-turidan joy olgan qolgan o‘yinlar natijasi bilan shu havolada tanishish mumkin. Mazkur tur bugun bo‘lib o‘tadigan “Eybar” — “Atletik” o‘yini bilan o‘z yakuniga yetadi.
jadval
Ispaniya La ligasi
33-tur o‘yinlari
23-aprel, yakshanba

“Real Sosyedad” — “Deportivo” 1:0

Gol: Villian, 28 (1:0).

“Selta” — “Betis” 0:1

Gol: Darko Brashanats, 54 (0:1).

“Las-Palmas” — “Alaves” 1:1

Gollar: Kevin-Prins Boateng, 44 (1:0). Ibai Gomes, 61 (1:1).
Chetlatish: Marko Livayya, 86 (L).

“Real Madrid” — “Barselona” 2:3

Gollar: Kazemiro, 28 (1:0). Lionel Messi, 33 (1:1). Ivan Rakitich, 73 (1:2). Xames Rodriges, 85 (2:2). Lionel Messi, 90+2 (2:3).
Chetlatish: Serxio Ramos, 77 (R).

24-aprel, dushanba
“Eybar” — “Atletik” — 23:45


Manba:daryo.uz
Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 3089 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: El-Klasiko
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Dilam@777 3-0 bilan 2-3 ni farqi bor Barcachilar. :(
Like | 0
Davronmanutd1992 Xm BARSACHILAR
Like | 0
NuR_KR Barcelona La Ligani oladimi yo'qmi bu eng muhimi emas muhimi "El Klasiko" Barcelona Yuventusga imkonyatni boy berganda realchila kulgandi endi osha maglub clubga ozlari maglub boldi ye
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное