Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Endi o‘zbekistonliklar yana bir mamlakatga vizasiz bora oladi
Endi Chernogoriya Respublikasiga borishda O‘zbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi. Bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqotida ma’lum qilindi.

Vazirlik mutasaddilari va ikki davlatning turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etgan tadbirda joriy yilning iyun oyidan boshlab Chernogoriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar amalga oshirilishi qayd etilgan.

2023 yilda O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar soni 7 milliondan ortishi kutilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatda 5 mingga yaqin turistlarni joylashtirish maskanlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Respublika bo‘yicha sayyohlarni qabul qiluvchi o‘rinlar soni 100 mingdan ortgan.  

2022 yilda O‘zbekistonga kelgan xorijiy turistlar soni 5,2 million nafarga yetib, turistik xizmatlar eksporti 1,6 milliard AQSH dollaridan oshgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirda O‘zbekiston fuqarolari 22 ta xorijiy mamlakatga vizasiz kirishi mumkinligi haqida ma’lumot berilgandi. Shuningdek, 33 ta davlatda o‘zbekistonliklar uchun soddalashtirilgan viza tartiblari o‘rnatilgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2213 | Рейтинг: 0| Рейтинг: mamlakatga, Bir, Yana, vizasiz, oladi, O‘zbekiston, endi, Bora
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное