Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Endi Testdan yetarli ball to‘play olmaganlar ham talaba bo‘la oladi


2018-2019 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga qabul bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisi qarori to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Kecha, 16 avgustda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 6-son bayoni qabul qilingan.

Bayonda quyidagilar bo‘yicha majlis qarori qabul qilingan:

Birinchidan, respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat grantining minimal o‘tish bali 68,0 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 36%), to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball (eng yuqori o‘tish bali 189,0 ballning 30%) etib belgilangan.

Bunda, oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.

Ikkinchidan, to‘lov-kontraktning minimal o‘tish bali 56,7 ball ekanligini inobatga olib, Davlat test markazi 2 kun muddatda test sinovlari natijalari qaydnomalarini qaytadan ko‘rib chiqib, qabul kvotasi to‘lmagan ta’lim yo‘nalishlarining qabul chegarasini tushiradi hamda o‘rnatilgan tartibda qaydnomalarni chop etib, oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.

Uchinchidan, oshirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha: 56,7 balldan yuqori ball to‘plagan abiturientlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining joriy yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori etib;

56,7 balldan kam ball to‘plagan abiturientlar uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining joriy yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorining 2 barobari etib belgilandi.

Bundan tashqari, test sinovlari natijasi bo‘yicha yetarli ball to‘plamagan va oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abiturientlarga oshirilgan to‘lov-kontraktning miqdori (barobari) kam bo‘lgan ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, abiturient test topshirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining o‘rni) mosligi hamda uning doimiy yashash joyi va hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasi joylashgan hudud mezon sifatida belgilangan.

Oshirilgan to‘lov-kontrakt asosida abiturientlarni o‘qishga qabul qilishda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-pedagogik hamda moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.

Sunnatilla Abdullaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 12782 | Рейтинг: 1| Рейтинг: talaba, Testdan, bo‘la oladi, Ball, yetarli, endi, ham, to‘play olmaganlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное