Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Endi metroga jetonsiz ham kirsa bo‘ladi


Endi Toshkent metrosi yo‘lovchilari kassalarda jeton sotib olish uchun navbatda turishi shart emas.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi bekatlarda bugun, 7 oktyabrdan boshlab HUMO karta orqali yo‘l haqini osongina to‘lash mumkin.

Buyuk ipak yo‘li (kirish KFC tarafdagi avtobus bekatidan)

Amir Temur xiyoboni (barcha kirish joylari)

Mustaqillik maydoni (barcha kirish joylari)

Paxtakor (kirish Davlat konservatoriyasi tarafdan)

Bunyodkor (kirish Xalqlar do‘stligi saroyi tarafdan)

Mirzo Ulug‘bek (kirish G‘.G‘ulom bog‘i tarafdan )

Chilonzor (kirish 9 qavatli binolar tarafdan)

Beruniy (kirish O‘zbekiston milliy universiteti va O‘zKo‘rgazmaSavdo tarafdan)

Minor (kirish Moliya instituti yonidan)

Abdulla Qodiriy (kirish Oloy bozori markaziy pavilyoni yonidan)

To‘lovni amalga oshirish uchun HUMO validatoriga kartani tekizish kifoya.

Shuningdek, yaqin kunlarda HUMO validatorini boshqa metro bekatlariga ulash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosining barcha stansiyalarida bugundan boshlab Wi-Fi internetdan foydalanish imkoni ham paydo bo‘ldi.



Manba:xabar.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3522 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kirsa bo‘ladi, jetonsiz, metro, ham, endi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное