Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Enrike Iglesiasning konsertida Prezidentning oila a’zolari ham mehmon bo‘ldi


Avvalroq, ispaniyalik taniqli xonanda Enrike Iglesias 28 dekabr kuni ilk bor O‘zbekistonga tashrif buyurayotgani, “Istiqlol” san’at saroyida konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.

Kecha, 28 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyi odamlar bilan liq to‘la edi. Soat 19:00 ga mo‘llanjallangan konsert dasturiga muxlislar soat 17:00 dan tashrif buyura boshlashdi.

Xabaringiz bor, ushbu konsertga chiptalar sotilgani yo‘q. Yil davomida mamlakat rivoji uchun o‘zining katta hissasini qo‘shgan, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmatini ayamagan ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, OAV, ijtimoiy sohalar xodimlariga Yangi yil sovg‘asi sifatida konsert taklifnomalari taqdim etildi.

Konsert dasturida o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlarga ham ko‘zimiz tushdi.

Enrike Iglesiasning shov-shuvli konsert dasturiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oila a’zolari – qizlari, o‘g‘li, kuyovlari ham tashrif buyurdi.

Konsertda odamlar 20 daqiqa o‘z o‘rindiqlarida o‘tirib, qolganini esa tik turib, raqsga tushib, xonandani qo‘llab-quvvatlab o‘tkazdilar. Kimdir sahnaga chiqib suratga tushdi, kimdir raqsga... Konsert dasturi o‘ta professionallik bilan tashkil etilganki, jonli ijroda hech qanday texnik nosozlik ko‘zga tashlanmadi. Qo‘riqchilar ham xonanda bilan suratga tushishni istaganlarni chetga surib qo‘ygani yo‘q. Aksincha, yoshlarga xos, o‘ta yengil ruhda tashkil etilgan konsertda mehmonlar haqiqatan hordiq chiqardi.

Konsertdagi eng unutilmas voqealardan biri o‘zbekistonlik xonanda Ulug‘bek Ismoilovning Enrike Iglesias bilan bir sahnada qo‘shiq ijro etgani bo‘ldi. Hatto, Enrikening o‘zi ham Ulug‘bek Ismoilovning qo‘shiqni xuddi o‘zidek ijro etishiga qoyil qoldi.

Aslida bu konsert chiptalari ham ma’lum bir mablag‘ evaziga sotilishi, undan tushgan pullarni tadbirkorlar sanab olishi ham mumkin edi. Yo‘q, hukumat yil davomida xalq manfaati yo‘lida betinim mehnat qilganlarni taqdirlash, ularga esdaqolarli sovg‘a tayyorlashning uddasidan chiqdi. Bu kun konsertga borgan fidoyilar, tashabbuskor yoshlar xotirasida ko‘p yillar saqlanib qolishi tayin.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 9091 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Enrike Iglesias
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:41
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное