Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Enrike Iglesiasning Toshkentdagi konsertiga qaerdan chipta olish mumkin?


Avvalroq, jahonga mashhur ispan xonanda Enrike Iglesias 28 dekabr kuni Toshkent shahrida konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu xabardan so‘ng, tahririyatimizga konsertga chipta olish masalasi bilan bir qator qo‘ng‘iroqlar, murojaatlar bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 28 dekabr kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan xonanda Enrike Iglesiasning konsert dasturi uchun chiptalar sotuvga chiqarilmagan.

Konsertga taklifnoma bilan kirish mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda esa taklifnomalar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tarqatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ittifoq rasmiylar ushbu ma’lumotlarni rad etib, konsert tashkilotchiligida ishtiroklari yo‘q ekanini ma’lum qildilar.

Xabarlarga qaraganda, konsertga taklifnomalar davlat tashkilotlari tomonidan tarqatilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Enrike Iglesias O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurmoqda. Uning otasi, jahon yulduzi Xulio Iglesias 2008 yil Gulnora Karimova taklifi bilan Toshkentga tashrif buyurib, konsert dasturini taqdim etgandi. O‘shanda Xulio Iglesias Gulnora Karimova bilan “Besame mucho” qo‘shig‘ini duet ko‘rinishida kuylagan edi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 4154 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Enrike Iglesias
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:57
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное