Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Erkak kishi mo‘rt bo‘ladi: Ko‘proq erkaklarda uchraydigan 6 kasallik

Dunyoda kasal bo‘lmaydigan insonning o‘zi yo‘q. Olimlarning fikricha, sog‘lom turmush tarziga amal qiladimi yoki yo‘q, har qanday insonning organizmida kamida ikki turdagi kasallik mavjud bo‘ladi. Biroq ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklar orasida uchraydigan kasalliklar ham bor. E’tiboringizga ular haqidagi qisqa ma’lumotlarni taqdim etamiz.
 
Saraton
Saraton kasalligi har qanday yosh va jinsdagi insonda aniqlanishi mumkin. Biroq uning ayrim turlari ko‘proq erkaklar orasida uchraydi. Jigar, qizilo‘ngach saratoni erkaklar orasida ayollarga nisbatan 2-4 marta ko‘proq uchraydi.
 
Bundan tashqari, saratonning faqat ayollarda uchraydigan turlari bor. Bular ko‘krak saratoni, bachadon saratoni. Shuningdek, faqat erkaklar chalinadigan saraton turlariga prostata saratoni, erkaklar jinsiy a’zosi saratoni kabilar kiradi.
 
Autizm
Autizm kasalligi qizlarga qaraganda o‘g‘il bolalar orasida ko‘proq uchraydi. Fanda buning aniq sababi topilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘g‘il bolalar orasida autizm kasalligi qizlarnikiga qaraganda 4-5 marta ko‘proq uchrar ekan.
 
Qandli diabet
Diabetologia tadqiqoti natijalariga ko‘ra, qandli diabetning ikkinchi bosqichi ko‘proq erkaklar orasida aniqlanadi.
 
Alkogolizm
Tabiiyki, spirtli ichimliklarni ichish va unga ruju qo‘yish erkaklar orasida ko‘proq uchraydi. Avvallari u illat sanalardi, hozirda ichuvchilar sonining ko‘pligi sababli surunkali kasallik hisoblanadi.
 
Shaxsning ijtimoiy hayotda o‘zini topa olmasligi
Erkaklar orasida bu ko‘rsatkich 2 foizdan 4 foizgacha bo‘lgan miqdorni, ayollar orasida esa 0,5 foizdan 1 foizgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi. Olimlar ushbu holatga ham izoh topa olishmagan.
 
Gripp
AQShning Jons Xopkins nomidagi universiteti qoshidagi Johns Hopkins Bloomberg School of Public Health tadqiqot markazi ayollarda bo‘ladigan estrogen garmoni “influenza A” virusiga bo‘lgan moyillikni kamaytiradi. Estrogen garmonlari erkaklar organizmida ham mavjud, ammo juda kam miqdorda. Shu sababli odatda ayollar organizmi kasallikni tezda yengib o‘tib keta oladi, erkaklar esa gripp bilan bir necha kun ko‘proq og‘rishlari kuzatilgan.
Umida Yakubova


Категория: SOG'LIK
Просмотров: 14172 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Erkak kishi, kasallik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное