Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erkak kishi nega rafiqasiga qo‘l ko‘taradi?

So‘nggi vaqtlarda sahifamizga kelayotgan aksariyat murojaatlarning mazmuni oilada erlarning ayollariga qo‘l ko‘tarishi haqida bo‘lmoqda. Shu bois ekspertimiz mana shu mavzuga batafsilroq to‘xtalishga qaror qildi. “Erkaklar nima uchun xotinini uradi, buning sababi nimada?”, “Ayollarning kaltak yeyishiga kim aybdor, o‘zimi?”. Shu va boshqa savollarga javob izlashga harakat qilamiz.

Aziza Toshxo‘jayeva, Psixolog

Oilada erkak bilan ayolning birgalikda kun kechirishi davomida gohida turli tushunmovchiliklar ham kelib chiqadi. Tushunmovchiliklar er va xotinning bevosita yoki bilvosita ishtirokida paydo bo‘lishi mumkin. Masalan, oiladan tashqarida bo‘lgan qarindoshlarning, ota-onalarning to‘g‘ri-noto‘g‘ri ko‘rsatmalari tufayli janjal chiqishi yoki er-xotin o‘zlarini ma’lum bir vaziyatda, ma’lum bir muammoga duch kelganda to‘g‘ri yo‘l tutolmagani ortidan ham janjallar kelib chiqishi mumkin.

Umumiy holatda oila davri ikkiga ajratiladi: farzandsiz bo‘lgandagi davr va farzandli bo‘lgandan keyingi davr. Farzandlar tug‘ilguncha bo‘lgan davrda asosiy janjallar o‘zaro munosabatlar orqali kelib chiqadi, keyin esa farzand tug‘ilgach, asosan ular tufayli kelib chiqadi. Sababi, farzand tarbiyasiga turlicha qarashlar bo‘lishi tabiiy, chunki er ham, xotin ham boshqa-boshqa oilada tarbiya topgan. Er o‘zining oilasida ko‘rgan tarbiyasini bolasiga singdirmoqchi bo‘ladi, ayol esa o‘zining. Mana shu katta-kichik janjallarda erkaklarning ayollariga qo‘l ko‘tarish holatlari, afsuski, uchrab turadi.

Er xotinini urishiga kim aybdor?

Ko‘pchilik ayollar bilan suhbatlashganimizda, “er urdimi, er aybdor!”, degan gapni aytishadi. Qo‘l ko‘tarilganda faqatgina erni aybdor deb bilish masalaga bir yoqlama qarash bo‘lib qoladi.

Er nima uchun uradi?

- ayol erini yetarli darajada hurmat qilmasa;

- ayol eriga ovozini ko‘tarib gapirsa, haqoratlasa, qarg‘asa;

Ayol bu holatlarda qator bahonalar bilan o‘zini oqlaydi: vaqtida bozorlik qilib kelmaydi, uyga mast ahvolda keladi, maoshini bermaydi va hakozo. Ya’ni erning bor kamchiliklarini ro‘kach qilib, erni behurmat qilish darajasiga borishi ham qo‘l ko‘tarilishiga sabab bo‘luvchi holatlardandir.

Er qachon qo‘l ko‘taradi?

- er ayolning doimiy tergoviga uchrasa;

- ayoli tomonidan o‘rinli-o‘rinsiz rashk qilinaversa;

- ayolini sababli-sababsiz rashk qilaversa;

- ko‘chadagi muammolari, ishdagi qiyinchiliklar natijasida uyga jahl qilib kelsa;

- mastlik natijasi.

Har narsaning ildizi bo‘lganidek, har qanday vaziyat ortida ma’lum bir sabab bor. Muammoni bartaraf etishning birdan-bir yo‘li uning tub sababini topishdir.

Erkakning xotinini urishiga qanday sabablar bo‘lishi mumkin?

- Uyida ko‘rgan. Ya’ni er bolaligida nosog‘lom muhitda katta bo‘lgan, otasi onasini mushtlaganini, zo‘ravonlik qilganini ko‘rgan. “Qush uyida ko‘rganini qiladi”, degan gap bor-ku.

- O‘ziga ishonchsizlik. Ba’zi erkaklar shu darajada o‘zigi ishonchi past bo‘ladiki, ayolini urish bilan o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, kuchiga kuch qo‘shadi. Bunday shakldagi harakat, o‘sha erkakning nihoyatda irodasizligini bildiradi. Ular har qanday qiyinchilik oldida oson sinadigan, oson yengiladigan, o‘ziga javob berolmaydigan bo‘lishadi. Ular tashqarida o‘zini ko‘rsata olmaganidan, ayolini urish bilan go‘yo o‘zini kuchli his qiladi.

- Bog‘lanib qolganlik. Ba’zi erkaklar spirtli ichimliklarga bog‘lanib qoladi. Ushbu zararli odati oqibatida qo‘l ko‘targanini bilmay qoladi.

Uradigan erkaklarning toifalari:

- Chaqmoq. Arzimagan narsaga ham qo‘l ko‘tarmasa turolmaydi. Ularning tez jahli chiqadi, birdaniga yonib o‘chadi. Ularni momaqaldiroq desa ham bo‘ladi — birdan gumburlaydi-yu, lekin darrov tinadi.

- Bolta. Ularga qo‘l ko‘tarishga sabab kerak emas, aksincha, janjalga sababni o‘zi qidirib topadi va tashlanadi.

Shunday toifa erkaklar ham borki, jahli chiqqanida ovozini balandlatishi, arazlab olishi, gaplashmasligi mumkin, lekin aslo qo‘l ko‘tarmaydi. Ayrimlar esa nima uchundir qo‘l ko‘taradi. Unutmang, erkakning qo‘l ko‘tarishi VOQEA emas, u NATIJA!

Endi nima qilish kerak?

Samimiy suhbatlar. Er-xotin bir yoki ikki marta oshiqsa his-tuyg‘ularsiz, ko‘z yoshlarsiz, baqir-chaqiriqlarsiz, ayblovlarsiz, diydiyolarsiz samimiy suhbatlashishi kerak. Ko‘pchilik ayollar suhbatni erlarini ayblash bilan boshlab, ayblash bilan tugatishadi. Masalan, “mana, sizga turmushga chiqdim, bola tug‘ib berdim, ertalabdan kechgacha kiringizni yuvaman, ovqatingizni pishiraman, siz esa menga qo‘l ko‘tardingiz”, deydi. Ayollar buni o‘rniga: “men sizni deb shu xonadonga keldim, sizni soyangizman, hurmat qilaman, baxtli bo‘lishni, baxtli qilishni xohlayman, o‘rtamizda qo‘rquv emas, ishonch, muhabbat bo‘lishini istayman. Men bularni qo‘rqqanimdan emas, yaxshi ko‘rganimdan qilishni istardim. Xatolarimni tan olaman, ularni takrorlamaslikka so‘z beraman va siz ham boshqa qo‘l ko‘tarmasligingizni so‘rayman”, degan gaplarni aytsa, qanday bo‘larkin? Shu yo‘l ma’qul emasmi?

Tursunoy Sodiqavaning shunday so‘zlari bor: “Yomg‘irdek yerga singib ketib, osmon qadar buyuk ishlarimizni bitiraylik”. Ya’ni yomg‘ir tuproqqa singib, baquvvat chinorlarni ko‘kka bo‘y cho‘zgudek o‘stiradi. Ayollar ham hokisor bo‘lib, azim chinorlarimizni o‘stiraylik.

Ayollar ovozini ko‘tarishi, jazavaga tushishi, chegaradan chiqishi ayollik sha’niga ham, tashqi ko‘rinishiga ham to‘g‘ri kelmaydi. Chunki erkak kishi ayolni ko‘zi bilan sevadi. Baqirayotgan, ko‘zlari ola-kula bo‘lib, ovoziyu tashqi ko‘rinishi do‘rillagan ayol qachon chiroyli bo‘lgan? Baqirayotgan ayol qachon qaysi erkakni o‘ziga qaratgan? Jaloliddin Rumiy “Ovozingni ko‘tarma, yaproqlarni yomg‘irlar o‘stiradi, gumburlagan momoqaldiroqlar emas”, deganida haq emasmi?

Uyingizni jannat bog‘laridan-da chiroyli bog‘ qilib qo‘ying-ki, er ko‘chadan faqat shu yerga talpinib kelsin. Uydagi muhitning yaratuvchisi bu — ayol, bekorga ayolni uyning farishtasi deyishmaydi.

Ayollarimiz mana shu fikrlarni quloqlariga zirak qilib taqib olsa, oila farovonligi albatta mustahkam bo‘ladi, degan umiddamiz.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 5668 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qo‘l ko‘taradi, Erkak kishi, Nega, rafiqa
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное