Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaqnus - Mal De music
. Ayol Qalbi - True Love
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Qirolicha - Stakan Version
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Великолепный Век-Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Efir Sirlari - Piano Version
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Samomiy Ishq-soundtreck
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Erkak va ayol miyasidagi yangi farq topildi

Stenford universiteti neyrobiologlari erkaklar va ayollar xulq-atvoridagi farq miya faolligida aks etishini ko‘rsatib berishdi. Bu yerda gap turli jinsga ega odamlarning har qanday muammoga o‘z yondashuvi borligini haqida ketmoqda, ular ikki jins vakillarining hamkorligi orqali hal qilinishi kerak. Mazkur tadqiqot Scientific Reports jurnalida nashretilgan
Dastlab o‘tkazilgan psixologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, erkaklar boshqalar bilan katta guruhlarda yaxshi hamkorlik qilishadi, ayollar esa boshqa ayollar nazorati ostida hamkasblari bilan o‘zaro hamkorlik qilishadi. Bundan tashqari ayollar va ularning jinsdoshlariga qaraganda erkak kishi boshqa bir jinsdoshi bilan osonroq til topishadi. Aralash juftlikda ayol erkakka nisbatan hamkorlikka ko‘proq intiladi. 
Faol hamkorlik qilayotgan erkak va ayolning miyasida nima sodir bo‘layotganini aniqlash uchun olimlar giperskanerlash texnologiyasiga murojaat qilishdi. Bu usul ikki kishining o‘zaro muloqot qilayotgan paytida ularning miyasi faolligini aniqlash imkonini beradi. Tadqiqotchilar magnit-rezonans tomografiyasi o‘rniga yaqin infraqizil sohada spektroskopiyadan foydalanishdi. 
Tadqiqotlarda jami 222 kishi ishtirok etdi, ularning har biriga hamkor belgilashdi. Juftliklar ikki erkak, ikki ayol yoki ikki jins vakillaridan iborat bo‘ldi. Har bir kishi hamkorining qarshisida kompyuter oldida o‘tirdi. Sinalayotgan juftlikka kompyuter ekranining rangi o‘zgarganda bir vaqtda tugmani bosish taklif qilindi. Har bir urinishdan so‘ng sinalayotgan kishilarga kim birinchi, kim esa sal keyinroq va qanday interval bilan tugmani bosgani haqida ma’lum qilib borishdi. 
Olimlar erkak juftliklar ayol juftliklarga nisbatan vazifani yaxshiroq bajarishganini, ammo har bir insonning miya faolligi juftlikda muvofiqlikning yuqori darajasini ko‘rsatishini aniqlashdi. Shunisi qiziqki, ikki jins vakillaridan iborat juftliklar ham xuddi erkak juftliklar kabi vazifani yaxshi uddalashdi, biroq ularning miyasida muvofiqlik kuzatilmagan.
 


Manba:kun.uz
Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6124 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Erkak va Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное