Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Erkak va Ayol Bir-Biri Haqida Bilishi kerak bo‘lgan 14 Narsa

Tabiat erkak va ayolni bir-biriga o‘xshamagan, o‘ziga xos tarzda yaratgan. Shuning uchun ularning orasida tez-tez tushunmovchiliklar yuzaga keladi. Ular qanchalik bir-birlarini anglashga harakat qilsalar, oralaridagi tushunmovchilik barham topadi.  Keling, berilayotgan maslahatlar bilan tanishishga, hayotimizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarning oldini olishga harakat qilaylik.
Demak...
1. Erkaklar haqiqatan ham ayollarni tushunmaydi
Buni haqiqat sifatida qabul qilishimiz lozim. Ayollarning intuisiyasi kuchli bo‘lganidan erkakni bir ko‘rgandayoq, uning qanday inson ekanligiga bexato baho bera oladi. Erkakning aldayotganini o‘zini tutishi, yuz ifodasi va ovoz ohangidan qiynalmay bilib olishadi.
Erkaklar ayolning his-tuyg‘ularini, kayfiyatini tushunishga qiynaladilar. Ko‘p hollarda bu haqda o‘ylamaydilar ham. Erkak kishi do‘st tutingan odamining oilaviy hayoti, nechta farzandi borligi bilan qiziqmaydi. Ularning shunday muhim narsalarga bee’tiborligi ayollarni “dahshatga” tushiradi.
Erkaklar ayniqsa, ayollarni tushunishga qiynalishadi. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, erkaklar o‘zining jinsidagilarni ayollardan ko‘ra, ikki barobar aniqroq va yaxshiroq tushunadi. Qadimda erkaklardan boshqa erkaklarning his-tuyg‘ularini ko‘zlaridan bilib olish talab etilgan, ayollarga nisbatan ularga bunday talab qo‘yilmagan. Shu instinktga tayangan holda, ayollik his-tuyg‘ularini anglashga kelganda ularning miyasi “o‘chib qoladi”. 
2. Biz mutlaqo bir-birimizga o‘xshamaymiz
Shaxsiy hayotda omadi kelmagan ayolning ish joyida ham muammolari bisyor bo‘ladi. Ishxonasida muammosi ko‘p bo‘lgan erkak ham shaxsiy hayotda muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Buning sababi shundaki, asrlar davomida erkak boquvchi, ayol esa xonadon bekasi vazifasini bajargan. Shuning uchun hozirga kelib, erkak kishining obro‘si qanday amalda ishlashi va olgan maoshiga qarab belgilanadi. Shunda u ham ayol kabi barchasiga oilaviy xotirjamlik orqali erishishga harakat qiladi.
3. Erkaklar shunchaki sukut saqlashlari ham mumkin
Psixologlarning ta’kidlashicha, erkak kishining kamgapligi ayollarni ranjitadi, ular buni noto‘g‘ri tushunishadi. Erkak kishining ko‘p gapirmasligi, ayolni sevmasligiga, uning muammolari qiziqtirmayotganligiga asos bo‘lolmaydi. Bunday holatda u emotsional zo‘riqishlardan, stresslardan dam olayotgan bo‘ladi.
Ayollarda esa hammasi aksincha. Stresslarni yengish uchun bu muammolar haqida kim bilandir o‘rtoqlashgisi keladi. Shuning uchun ham erkak kishi sukut saqlasa, ular xafa bo‘lishadi.
Aslida, ayol kishi ba’zan erkak kishining yolg‘iz qolishiga, osoyishta hordiq chiqarishiga imkon yaratishi lozim. O‘z navbatida erkak ham ayol kishi dardlarini, muammolarini aytayotganda uni tinglashga, tinchlantirishga harakat qilishi, uning his-tuyg‘ularini, fikrlarini qo‘llab-quvvatlashi lozim.  
4. Ayollar erkaklardan ko‘ra ko‘p gapiradi
Ayollarning vaysaqiligi haqidagi bu siyqasi chiqqan fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Har ikki jins vakiliga tegishli muloqat qilish istagi asosan kundalik ijtimoiy voqea-hodisalardan kelib chiqadi.
Erkak kishi yolg‘izlikda, jimgina ishlashni xohlasa, ayol esa ish jarayoni va uning natijasini muhokama qilishni yoqtiradi. Erkaklar boshqalarga fikrini bildirgan bilan ularning javobini eshitishni istamaydi.
5. Ayollar do‘kon aylanishni xush ko‘rishadi
Aksariyat ayollar uchun stresslarni yengishning eng qulay yo‘li do‘kon aylanishdir. Bu narsa erkak kishi uchun stress bo‘lsa, ayol kishi uchun hordiq manbaidir.
Qadimgi ovchi va jangchilarga o‘xshab, erkaklar uchun nishonga olingan narsagina e’tiborli bo‘lib, boshqa narsalarga umuman nazar tashlamaydi. Ayol esa do‘kondan xarid qilgan buyumlardan emas, balki shu xarid jarayonining o‘zidan zavq oladi. Agar erkak kishiga yengillik bo‘lishini istasangiz, yaxshisi xarid uchun yolg‘iz o‘zingiz do‘konga yo‘l olganingiz ma’qul. 
6. Erkaklar kiyim tanlay olmaydilar
Erkaklar haqiqatan ham kiyim tanlay olmaydilar, ayniqsa ayollarning kiyimini. Chunki ularning miyasi bichim va andazalarni farqlay olmaydi. Ayollarning ko‘zlariga qaraganda ularning ko‘zlari kamroq rang-tus ajratadi.
Shuning uchun erkak kishidan zeb-ziynat, kiyim-kechak sotib olib berishni iltimos qilmang, u darhol depressiyaga tushadi, siz esa istagan narsangizga erisha olmaysiz.
Erkak kishini ayolning o‘lchamini topa olmaslik dahshatga soladi. Mabodo kattaroq o‘lchamdagi kiyimni sotib olsa, rafiqasi “Men shunchalik semizmanmi?” deyishi aniq. Torrog‘ini olib qo‘ysa, yana baloga qoladi.
Kiyimni eringiz sovg‘a qilgan taqdirda ham, kiyimni birga borib tanlaganingiz ma’qul. Shundagina xarid qilgan kiyimingizdan zavqlanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
7. Erkaklar hech qachon adashib qolmaydi
Erkaklar hech qachon adashib qolmaydi, juda yo‘ldan adashadigan bo‘lsa, “yo‘nalishni o‘zgartiradi”. Hatto bir joydan besh marta o‘tsangizda, undan hech qachon orqaga qaytishni iltimos qilmang. Erkaklar ming yillardan beri ov va jang qilishda faqat makon va zamon orqaligina fikr yuritishadi. Ular makonda yo‘nalishni aniqlashni erkaklarga xos xususiyat deb hisoblaydilar. Shuning uchun adashib qolganini tan olish ular uchun mag‘lubiyat bilan tengdir. 
8. Ayollar o‘zlariga ko‘proq tanqidiy ko‘z bilan qarashadi
Erkaklar ko‘zgudagi akslaridan qoniqish hosil qilishsa, ayollar esa hech qachon o‘zlaridan qoniqmaydilar. Ular bir-birlaridan tubdan farq qilgan holda o‘zlarini boshqacha qabul qiladilar. Ayollar tirnoqlariga nazar tashlayotganda kaftlarini pastga qilgan holda ustidan qarashsa, erkaklar ko‘p hollarda barmoqlarini bukkan holda tirnoqlariga razm solishadi.
9. Otalik instinkti ham mavjud
Farzand tug‘ilishi nafaqat ona organizmini, balki otaning ham organizmini o‘zgartirib yuboradi. Erkaklarda otalik instinkti uyg‘onib, bu o‘zgarishlar ularning miyasiga va gormonlariga ta’sir qiladi. Gormonal o‘zgarishlar farzand tug‘ilganidan emas, balki ona va bola bilan aloqada bo‘lgandan yuzaga keladi.
10. Ayollar ko‘proq esnaydi
Esnash yuqumli ekanligini hammamiz yaxshi bilamiz, ammo aniqlanishicha, esnashga ayol va erkak birday javob bermas ekan. Jinsning go‘zal vakilalari bunga tezroq javob qaytarishar ekan. Tadqiqotchilarning fikricha, bunga ayollarning boshqalarning dardiga sherikligi, hamdardligi sabab bo‘larkan.
11. Qorni och ayol romantikaga moyil bo‘lmaydi
Erkak yuragiga yo‘l oshqozon orqali o‘tadi deyishadi. Ammo bu faqat erkaklarga tegishli bo‘libgina qolmay, bu borada ayollar ham ulardan qolishmas ekan. Ayol kishining qorni to‘q bo‘lsagina, romantikaga moyillik bildiradi. Tadqiqotlar natijasida, ayollar tushlikda baquvvat ovqat iste’mol qilsalar, ularda romantik kayfiyat yuzaga kelishi aniqlangan. Shuning uchun restoranda romantik uchrashuv o‘tkazilishi ilmiy tomondan asoslangan an’anadir. 
12. Ayol shifokorlar erkak shifokorlarga nisbatan mehribonroq bo‘ladi
Ayol vrachlar erkak vrachlarga qaraganda bemorni jon qulog‘i bilan tinglab, ularga katta e’tibor berishadi, bu esa bemorning sog‘ayib ketishida katta rol o‘ynaydi. Erkak vrachlar esa bemorga ta’mirlanishi lozim bo‘lgan mashinadek qarashadi. Ularning bemorni davolash usullari ham har xil bo‘ladi. Ayollar pastroq dozada dori buyurib, ko‘proq ma’lumot va maslahatlar berishga harakat qiladi. Ammo shunga qaramay, jinsidan qat’i nazar erkak va ayol tibbiyot xodimlari ajoyib mutaxassislar bo‘lishi mumkin.
13. Biz turlicha bo‘lsak-da, aynan o‘zimizga o‘xshagan juftni qidiramiz
Sevishgan juftliklarning bir-birlariga o‘xshab ketishi tabiiy holdir. Aynan bir ko‘rganda yoqqan tashqi qiyofa haqidagi taassurot bora-bora muhabbatga aylanib ketadi.
14. Haqiqiy muhabbat mavjudligiga bo‘lgan ishonch
Shu paytgacha romantik aloqalarning umri 15 oy deb hisoblab kelinib, oradan 10 yil o‘tgandan keyin hech qanday his-tuyg‘uga o‘rin qolmasligi, hammasi oddiy odatlarga aylanib qolishi haqida gap yuritilar edi. Ammo Amerika universitetlaridan birining olimi Stoni Bruk bu fikrga qarshi chiqdi. Hattoki, 20 yil birga umr kechirgan juftliklarda ham qoniqish garmoni bo‘lmish dofamin darajasi ilk marotaba sevishayotganlarniki bilan teng miqdorda bo‘lar ekan.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 13549 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Erkak va Ayol
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 05.04.2016 | 15:14 #1 Страница с комментарием
omina1710 Kerakli maslahatlar ekan
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:18
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное