Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

ERKAKLAR: «Hovli» serialining vaqtini o'zgartirib, ko'nglingiz joyiga tushdimi?!


Anchadan buyon o'zbek tomoshabinlari yaxshi serialga yolchimayotgandi. Qay birini olmang, oila, sevgi-muhabbat, xiyonat mavzusi. Sevganiga erishish uchun hech narsadan tap tortmaslar, xiyonatni muhabbat deb kuylaydiganlar nog'orasiga yaxshigina o'ynadik. Bu seriallarni ko'rardig-u, ich-ichimizdan ularning hayotga to'g'ri kelmasligini anglardik. Axir biz endi turmushga chiqib bo'lgan ayol, sevgi-muhabbatga balo bormi, derdik.

Biroq “Hovli” seriali boshlandi-yu, deyarli 90 foiz ayollarni o'ziga ohangrabo kabi tortdi. Chunki bu endi oddiygina maishiy serial emasdi. Unda qamoqxona devorlari ichiga qamalgan o'nlab ayollarning haqiqiy hayoti aks etgandi. Nohaqlik, zo'ravonlik, qilmishlari mahsulini

tortayotgan ayollar dard-u hasratlari.

Ha, to'g'ri, ular bizdan ko'ra shafqatsizroq, qat'iyatliroq, kuchliroq… Ammo birgina gulni ko'rib, yig'lab yuboradi. Qizi dog'ida ado bo'ladi. Qahva keltirib berishganida esa o'zini odamdek his qiladi.

Endi sizning iddaoingizni eshitsak. Nima, biz uni ko'rib, shafqatsizlashib ketamizmi? Turmush o'rtog'imizni o'ldirgimiz kelib qoladimi? Bekorlarni aytibsiz! Aksincha, shu qadar ideal turmush o'rtoq ato etgani uchun Xudoga shukrona aytamiz. Bolalarimiz shunchaki yonimizda bo'lgani uchun ularni qattiq quchoqlaymiz. Yanayam ko'proq mehr beramiz. O'tayotgan shu kunimizga cheksiz shukrona aytamiz.

Agar bunga shubhangiz bo'lsa, rafiqangizdan so'rab ko'ring, u qanday fikrda ekan?!

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, endi o'zingizdan o'pkalashingizga to'g'ri keladi. Chunki biz garchi soat 19:30dan 21:30gacha yoningizda o'tirsak ham 22:30da bizni bu serialni ko'rishdan hech kim to'xtata olmaydi.

Sizlarga xayrli tun tilaymiz! Bizga esa yoqimli namoyish!



Manba:hordiq.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 11712 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: hovli
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
Risolat пишет: | 13.03.2019 | 17:58 ( E-mail ) #3 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Toppa togri. Uzr-ku lekin yoqmasa kormanglar serialni. Axir hech kim majburlayotgani yoq-ku serialni koringlar deb.
Like | 0
аватар отсутствует Malades
Like | 0
аватар отсутствует Sanga o'xshaganlardi oilasiga to'g'ri keladi lekin o'zbek xalqini oilasi sanikiga o'xshedi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное