Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Kuz ertagi-soundtreck
. Qaxvaxona - soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Ishq Jodusi - Enticing Trick
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Erkin Komilov, Gulsanam Mamazotitova, Shahzoda va Munisa saylovda kimga ovoz berishlarini aytishdi

 
 
Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi katta siyosiy jarayonlar ostonasida turibdi. 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu yilgi saylov favqulodda o‘tkazilayotganiga qaramay unga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Siyosiy partiyalarning faolligi oshgani, o‘z nomzodini qo‘llab quvvatlash, tashviqot ishlarini kuchaytirishga keng e’tibor qaratayotgani esa O‘zbekistonda demokratik institutlar faoliyatining mustahkam asosi borligidan dalolat.
 
Ko‘plar allaqachon o‘zi ovoz beradigan nomzodni tanlab bo‘lgan. Ayrimlar esa qat’iy qarorga saylov kuni kelishi, turgan gap.
 
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan qo‘yilgan nomzod Sarvar Otamuratov, Tadbirkorlar va ishilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasi nomzodi Hotamjon Ketmonov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi nomzodi Narimon Umarov shu bugunga qadar joylarda saylovoldi uchrashuvlarini tashkil etib, saylovchilar bilan muloqotga kirishdilar.
 
Har bir partiya o‘z saylovoldi kampaniyasi davrida tashviqotning turli usullaridan foydalandi. Qaysidir partiya asosiy e’tiborni ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlarga qaratgan bo‘lsa, boshqasi ijtimoiy tarmoqlar orqali tashviqotni kuchaytirdi. Albatta, saylovchilar bularning barchasidan yaxshi xabardor. Eng muhimi, har bir nomzod, uning tarjimai holi va saylovoldi dasturi haqida to‘liq ma’lumotga egamiz. G‘alvir suvdan ko‘tarilganda esa partiyalarning tashviqot ishlari qanchalik samara bergani ayon bo‘ladi.
 
Saylovoldi tashviqot ishlarida madaniyat va san’at vakillari ham chetda qolgani yo‘q. Bugun ko‘plab taniqli san’atkorlar ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali kimga ovoz berishlarini oldindan ma’lum qilib borishmoqda. Hatto, partiyalar tomonidan yaratilgan maxsus videoroliklarda suratga tushganlar ham bo‘ldi.
 
O‘zbekiston xalq artistlari Erkin Komilov, G‘ulomjon Yoqubov, Mahmud Nomozov, Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Fathulla Ma’sudov, Abdurashid Yo‘ldoshev, xonandalar Shahzoda, Munisa Rizayeva, Ruhshona va aktyor Yigitali Mamajonov ishtirok etgan videorolikda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlar, amalga oshirilajak ishlar sanab o‘tilgan. Har bir san’at xodimi turli yo‘nalishdagi istiqboldagi rejalar haqida gapirarkan, o‘zi ham saylovda Shavkat Mirziyoyevga ovoz berishini ma’lum qilgan.
 
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan tayyorlangan mazkur videorolikni xonandalar Shahzoda hamda Ruhshona o‘zlarining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifalariga joylashtirib, tanlovlari Shavkat Mirziyoyev ekanini yozib qoldirishdi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8088 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Gulsanam Mamazotitova, Erkin Komilov, Shahzoda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
olma777olma men ham shu insonga ovoz beraman Shavkat M
Like | 0
Davronmanutd1992 hmmmm yahshi
Like | 0
begim4155 biz ham Wavkat Mirziyoyevga ovoz beramizda. bizni ham tanlo wuu
Like | 0
NuR_KR Ha Munosib Nomzod
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:37
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное