Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Pazanda - Sad Love
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ishq Jodusi-soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Erkin kurash: oʻzbekistonlik sportchi Jahon chempionligini qoʻlga kiritdi!

Bolgariyaning Sofiya shahrida erkin kurash boʻyicha U-20 Jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Unda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatidan kelgan sportchilar qatorida bizning 6 nafar hamyurtimiz ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilishmoqda.

Musobaqa oʻzbekistonlik polvonlar uchun omadli boshlandi. Dastlabki kungi bellashuvlarda uch nafar sportchimiz -57, -65 hamda -70 kg vazn toifalarida gilamga chiqdi.

-57 kg vazn toifasidagi vakilimiz Naimov Azizbek ilk bahsda shveysariyalik raqibini magʻlubiyatga uchratdi. Afsuski, 2-davrada AQSh vakiliga 7-2 hisobida yutqazib qoʻydi.

-65 kg vazn toifasidagi vatandoshimiz Jalolov Umidjon dastlab qirgʻizistonlik kurashchini 10-2 hisobida, soʻngra chililik raqibini 10-0, 3-davra bahsida Yaponiya terma jamoasi vakilini ham 10-0, yarim finalda esa amerikalik polvonni 4-0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Hal qiluvchi final bahsida esa ozarbayjonlik Ziraddin Bayramov bilan boʻlgan bellashuvda sof gʻalabaga erishib, oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek -70 kg vazn toifasida Begijon Qoʻldoshevga biroz omad yetishmadi. U ilk saralash bahsida eronlik kurashchiga 3-1 hisobida imkoniyatni boy berib qoʻydi. 

Oʻz navbatida eronlik kurashchi ham AQSh vakiliga yutqazib qoʻydi. Shu tariqa Qoʻldoshev bahslardan chiqib ketdi.

Eslatib oʻtamiz, musobaqa 21-avgustga qadar davom etadi.



Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 1374 | Рейтинг: 0| Рейтинг: oʻzbekistonlik, Jahon, sportchi, chempionligini, kiritdi!, Erkin kurash, qoʻlga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:36
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное