Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Ertadan Toshkent shahridagi ishchi-xodimlar ta’tilga chiqariladi

RESPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYaSI AXBOROTI

▪️Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23 mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi.
▪️23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyati maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.
▪️Hodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.
▪️Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi.
▪️25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.


Manba:aniq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4762 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ta’tilga chiqariladi, ishchi-xodimlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Kozimjon пишет: | 22.03.2020 | 22:46 ( E-mail ) #2 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Armiyadagi bolla uyga qaytadmi
Like | 0
Kozimjon пишет: | 22.03.2020 | 22:44 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Kiym kechak do‘konlari yopiladmi. Yakka tartbdagi tadbirkorlarni ishi nima bo‘ladi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное