Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Farg‘ona vodiysida o‘ta qalin tuman tushish holati kuzatilmoqda

Farg‘ona vodiysi markazida qariyb 16 soatdan beri o‘ta qalin, davomli tuman hodisalari kuzatilmoqda, deb xabar bermoqda metereolog Erkin Abdulaxatov.

Namangan meteorologik stansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, viloyat xalqaro aeroporti aerodromida ko‘rinuvchanlik yarim sutkadan ko‘p vaqt davomida 50 metrdan past tumanni tashkil etgan.

NASA sun’iy yo‘ldoshidan olingan tasvirlarda ham Farg‘ona viloyati shimoli, Andijon viloyati yarmi va Namangan viloyati aksar hududlarida kun davomida qalin tuman tushgani aks etgan.

Qalin tuman tushgan joylarda tuman havo haroratini kun davomida nol darajadan past sovuq bo‘lishini ta’minlagan. Ba’zi hududlarda daraxt shoxlari, simyog‘och va o‘t-o‘lan ustida buluduruq hodisasi kuzatilgan.

Avvalroq “O‘zgidromet” O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 30-dekabr kuni ham tuman tushishi mumkinligini ma’lum qilgandi. 29-dekabr kuni ertalab esa Namangan va Andijon aeroportlarida ko‘rish imkoniyati yomonligi sababli samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmadi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 948 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tuman, vodiysida, qalin, holati, o‘ta, Farg‘ona, kuzatilmoqda, tushish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное