Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Sherlock Holmes - soundtreck (mix)
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Promise
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Younha My love
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Kara Para Ask - Soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi

Farg‘onada gaz uzilganiga qarshi norozilik uyushtirgan zavod xodimlari qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onada sanoat korxonalaridan gaz uzib qo‘yilishi natijasida 10 minglab aholi ishsiz qolgani va ular gaz ulab berilishini so‘rab, ko‘chaga chiqqani haqida videoxabarlar tarqaldi. Mazkur holatga Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni aholiga tabiiy gazni ko‘proq yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston tumani, Sho‘rsuv MFYda joylashgan “ALBUS” gips ishlab chiqaruvchi zavodi oldindan tuzilgan shartnoma shartlariga binoan tuman gaz idorasi tomonidan gaz quvuridan uzilgan.
“Joriy yilning 6 dekabr kuni zavodning 20 nafar ishchilari yuqoridagi holatni noto‘g‘ri talqin qilib, o‘zboshimchalik bilan jamoat tartibiga qarshi nozoriliklarni uyushtirgan”, deyiladi rasmiy munosabatda
 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB tomonidan zavodning jami 7 nafar ishchilariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga taqdim qilingan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudi 07.12.2022 yil kuni huquqbuzarlarning 1 nafariga 10 sutka, 6 nafariga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 637 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qamaldi, xodimlari, gaz, norozilik, qarshi, zavod, uyushtirgan, Farg‘onada, uzilganiga
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное