Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Qizil kartochka olmaslik uchun hakamni o‘ldirgan futbolchi 15 yilga qamaldi

23 fevral kuni boshlangan sud jarayoni yakuniga yetdi va o‘tgan yili o‘yin vaqtida qizil kartochka olishdan qutilish chorasi sifarida o‘yin hakamiga zarba bergan va uning o‘limiga sababchi bo‘lgan amerikancha futbolning sobiq futbolchisiga 15 yillik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Yahoo.Sports xabar bermoqda.
Bu ko‘ngilsiz voqea 2014 yil iyun oyida, AQShning Livoniya shahrida o‘tkazilgan turnir o‘yinida sodir bo‘lgan. Voqea guvohlarining ta’kidlashlaricha, 44 yoshli hakam Jon Benevich Saadni o‘yindan chiqarib yubormoqchi bo‘lganida, Saad uni urib yuborgan. Ikki kun o‘tib, hakam shifoxonada olamdan o‘tgan. Mutaxassislarning chiqargan xulosalariga ko‘ra, hakam yerga yiqilgunga qadar hushidan ketib bo‘lgan, Saadning hakamning chap tomonidan bo‘yin sohasiga keskin urishi uning o‘limiga sabab bo‘lgan.
Bungacha 36 yoshli Saadga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkinligi xabar qilingan edi.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 11264 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: futbolchi, qamaldi, o‘ldirgan, hakam, Qizil kartochka
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Amirim Товбааа
Like | 0
5558180 Afsus, hakam ham birovning otasi kimningdir akasi, yahshi ish bo'magan.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное