Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Samarqandda aroqxo‘r erini o‘ldirgan 50 yoshli ayol 8 yilga qamaldi


Samarqandda ichkilikka ruju qo‘ygan turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgan ayolgan nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Joriy yilning 8-avgust kuni soat taxminan 17:00 atrofida Jomboy tumani “Samarqand” mahallasida yashovchi S.Xoljigitov spirtli ichimlik ta’sirida mast bo‘lgan holda yashash uyiga kelib, uyining oshxonasida turmush o‘rtog‘i S.Sheykina bilan janjallashgan. S.Xoljigitov mazkur janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lgan qizi N.Xoljigitova bilan ham og‘zaki aytishib, uni urmoqchi bo‘lgan.

Bu holatni ko‘rgan N.Xoljigitovaning nikohsiz turmush o‘rtog‘i U.Fatkullin S.Xoljigitovni tinchlantirmoqchi bo‘lgan. Bundan g‘azablangan S.Xoljigitov U.Fatkullinga ham yopishib, u bilan yoqalashgan holda xonadon hovlisiga chiqib, janjalni davom ettirgan.

S.Sheykina turmush o‘rtog‘i S.Xoljigitovdan yanada nafratlanib, uni hayotdan mahrum qilish orqali oldindan bo‘lib kelayotgan nizolarga barham berishni rejalashtirgan. Shu maqsadda S.Sheykina turmush o‘rtog‘i S.Xoljigitovni qasddan o‘ldirishga qaratilgan maqsadini amalga oshirish uchun ikki dona oshxona pichog‘i bilan U.Fatkullin bilan o‘zaro yoqalashib turgan turmush o‘rtog‘i S.Xoljigitovning og‘ir darajada mastligidan foydalanib, uni orqa tomonidan kelib tanasiga besh marotaba zarba bergan.

U.Fatkullin S.Sheykinani zudlik bilan to‘xtatib, qo‘lida bo‘lgan pichoqlarni olib qo‘ygan. S.Xoljigitovning hayotini saqlab qolish maqsadida U.Fatkullin tez tibbiy yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam yetib kelgunga qadar birinchi yordam ko‘rsatgan. Ammo S.Xoljigitov olgan tan jarohatlari sababli shifoxonaga yetib borgunga qadar vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudining sudyasi To‘lqin Qodirov ma’lum qilishicha, sudlanuvchi S.Sheykina O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini (yengilroq jazo tayinlash) qo‘llab, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.



Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2169 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 50 yosh, Samarqand, Ayol, 8 yilga, aroqxo‘r, eri, o‘ldirgan, qamaldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное