Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasi tarixida eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Premyer-liga 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan vaqt davomida Ronalduga yetadigani topilmagan. So‘rovnoma muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan.
Krishtianu Ronaldu bu so‘rovnomada Tyerri Anri, Rayan Giggz, Alan Shirer va boshqa futbolchilarni ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2003-yildan to 2009-yilga qadar “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan edi. Futbolchi 2008-yilda “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan.
Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari:
Krishtianu Ronaldu (“Manchester Yunayted”) — 177 ovoz;
Tyerri Anri (“Arsenal”) — 133;
Rayan Giggz (“Manchester Yunayted”) — 95;
Alan Shirer (“Blekbern”, “Nyukasl”) — 92;
Erik Kantona (“Manchester Yunayted”) — 8;
Stiven Djerrard (“Liverpul”) — 77;
Dennis Bergkamp (“Arsenal”) — 40;
Djanfranko Dzola (“Chelsi”) — 24;
Roy Kin (“Nottingem Forest”, “Manchester Yunayted”) — 14;
Patrik Viyeyra (“Arsenal”, “Manchester Siti”) — 6.


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 5980 | Рейтинг: 0| Рейтинг: futbolchi, Futbol, Krishtianu Ronaldu, Angliya Premyer-ligasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное