Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Pazanda - Im Loving You
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qaqnus - Soundteck (korea)
. Pazanda - Sad Love
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

O‘zbekiston terma jamoasi KXDRni mag‘lub etdi. Nesterovga rahmat

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichi birinchi turida KXDR terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va g‘alabaga erishdi.

Uchrashuv ancha og‘ir o‘tdi. Bu o‘rinda nafaqat raqib, balki noqulay ob-havo ham jamoalarga og‘ir vaziyat yuzaga keltirdi. Birinchi bo‘limda boshlangan yomg‘ir ikkinchi bo‘limda kuchli jala ko‘rinishiga keltirdi va o‘yinning borishini qiyinlashtirdi.

Shunga qaramay Mirjalol Qosimov shogirdlari uchrashuvda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldilar. Birinchi bo‘limda O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘pga egalik qilishda katta ustunlikka ega bo‘lgan bo‘lsada, bu ustunlikni xavfli vaziyatga qadar yetkaza olmadi. Bir marta Timur Kapadze bosh bilan bergan zarba darvoza ustuniga tegib qaytganini inobatga olmaganda, gol urish uchun qulay vaziyat deyarli yaratilmadi.

Ikkinchi bo‘limda KXDR terma jamoasi ham ancha faol o‘yin ko‘rsatdi. O‘zbekiston terma jamoasi esa himoyani unutmagan holda hujumga o‘tib turdi. Mana shunday hujumlardan biri gol bilan yakunlandi. Server Jeparov chap qanotdan oldinga o‘tib bordi va to‘pni havolatib Igor Sergeyev tomon oshirdi. Tan olish lozim, to‘p ideal tarzda oshirib berilgandi. Igor Sergeyev ham shunga monand bosh bilan ideal zarba berdi va hisobni ochdi.

Igort Sergeyevning o‘zi ikkinchi golni kiritishi mumkin edi. Ammo Sardor Rashidov qanotdan oshirib bergan to‘pga zarba berishda unga aniqlik yetishmadi. Shuningdek Timur Kapadze va Sanjar Tursunovlarda ham gol urish uchun qulay vaziyat yuzaga kelgandi. Biroq uchrashuvda hisob o‘zgarmadi.

Uchrashuvning qo‘shib berilgan daqiqalarining so‘nggi soniyalari o‘tayotganda Ignatiy Nesterov xavfli zarbani bartaraf etdi. Shu bilan O‘zbekiston terma jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogi, «V» guruhi.

O‘zbekiston - KXDR 1:0

Gol: I.Sergeyev, 63

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Shavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov, Akmal Shoraxmedov, Timur Kapadze, Sanjar Tursunov (J.Iskanderov, 90), Aziz Xaydarov, Odil Axmedov (S.Rashidov, 72), Server Jeparov, Igor Sergeyev (B.Nasimov, 87).

KXDR: Ri Myong Guk, Jang Song Xyok, Jon Kvang Ik, Ryang Yong Gi, Pak Song Chol, Pak Kvang Ryong, Jong Il Gvan, .Jang Kuk Chol, Cha Jong Xyok, So Xyon Uk (Om Sol Chol, 65), Ri Yong Jik

Ogohlantirish: Ri Yon Jik, 77, A.Shorahmedov, 85

 
Manba: www.uff.uz   


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 6127 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Futbol, Paxtakor, O‘zbekiston terma jamoasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Muhriddin1997 Ozbek futbalislarini oyogi hic carcamasin qoyil lekin ajoyib oyin korsatdila SILAGA OMAD !!!
Like | 0
Johonshoh3768 O'zbekiston olg'a!!!!
Like | 0
Johonshoh3768 Agar o'zbekiston shu taktikada o'ynasa xitoy va arabistonni aniq yutadi. olg'a o'zbegla
Like | 0
NuR_KR Igor ga rahmat.
Galaba muborak
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное