Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ziyoda - Oqibat [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ishdagi Ishq - Служебный роман
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Jumong-soundtreck
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Choli Qushi-soundtreck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Klon-soundtreck
. Samomiy Ishq-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 5
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada kelinini o‘ldirib, boshini uzib olgan qaynota 13 yil 2 oyga qamaldi
Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida kelinini vaxshiylarcha o‘ldirib, uning boshini uzib olgan qaynotaga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Aniqlanishicha, ushbu voqea 2022-yilning oktyabr oyida tumanning “Qumdon” mahallasidagi xonadonlardan birida yuz bergan.


Ishga doir hujjatlarda keltirilishicha, 1958-yilda tug‘ilgan ayblanuvchi o‘z kelini – kenja farzandining xotini bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal davomida qaynota tomonidan 1988-yilda tug‘ilgan kelinining bo‘yin qismiga qattiq zarb bilan urgan. Oqibatda kelin hushini yo‘qotib yerga yiqilgan.

Ayblanuvchi uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, kelinini hovlida turgan Matiz rusumli mashinaning orqa o‘rindig‘iga ortgan. Uni Farg‘ona tumani Oqbuloq qishlog‘idagi adirlikka olib borgan. Shundan so‘ng oshxona pichog‘i bilan hushsiz kelinining bosh qismini tanasidan butkul ajratib olgan. Bosh qismini qora sellofan paketga solib, Oltiariq tumani “Fayzobod” MFYdagi yo‘l chetida joylashgan archa daraxti orasiga ilib ketgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhuma og‘ir tan jarohati olgani va ko‘p qon yo‘qotgani oqibatida vafot etgan.

Mazkur jinoyat ishi Qo‘shtepa tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qilgan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v” bandi va 134-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismiga asosan tayinlangan jazoni qisman qo‘shilib, uzil-kesil 13 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1879 | Рейтинг: 0| Рейтинг: boshini, qaynota, kelinini, 2 oyga, uzib, qamaldi, olgan, 13 yil, Farg‘ona, o‘ldirib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное