Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onada oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyati qayta tiklanadi

Farg‘onada viloyat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish shtabi va maxsus komissiya qaroriga asosan 2020 yil 11 avgustdan boshlab, viloyat hududidagi umumiy ovqatlanish obyektlari, jumladan, oshxona, choyxona, restoran va kafelar faoliyatiga ruxsat berildi.

Bu viloyatdagi epidemiologik vaziyat jilovini mahkam ushlagan holda karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlardan biridir.
Umumiy ovqatlanish shoxobchalari karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilib, kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar bilan taʼminlagan holda o‘z faoliyatini qayta boshlaydi.
Faoliyatini davom ettirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subyektlarida tegishli organlar tomonidan karantin talablari, sanitariya-epidemiologik qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boriladi. Barcha xodimlar tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shartligi belgilangan.
Restoran va kafelarda banketlar hamda boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi hamda faoliyatini soat 8:00 dan 20:00 ga qadar tashkil etadi.


Manba:zamon.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1863 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Restoran, Farg‘ona, kafelar, faoliyati qayta tiklanadi, oshxona, Choyxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное