Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Farg‘onalik bloger 21 mln so‘m jarimaga tortildi. Kusherboyev Oliy sudga talab bilan chiqdi

Farg‘onalik taniqli bloger Olimjon Haydarov namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish hamda yolg‘on axborot tarqatishda ayblanib 21 million so‘m miqdorda jarimaga tortildi. Bu haqida Oliy sud rasmiy axborot bilan chiqdi.

“Bugun jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 201-moddasi (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik harakatlari bo‘yicha bloger Olimjon Haydarovga nisbatan yuritilgan ma’muriy huqubuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqildi”, deyilgan rasmiy axborotda.

Ma’lum bo‘lishicha, sudning qarori bilan bloger Haydarov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida ko‘rsatilgan moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash) tartibida bazaviy hisoblash miqdorining 70 baravari (21 000 000 so‘m) miqdorida jarima solindi”, deb axborot berilgan Oliy sud xabarida.

Blegerning o‘zi esa Facebook sahifasida haqiqatan ham jarimaga tortilganini yozib, odamlarni tashqarida “fikr politsiyasi” yurganidan ogohlantirgan.

“Tashqarida -5 (vodiyda shunday, Buxoro, Nukus tomonlarda -20 deyishmoqda) daraja sovuq, xonadonlarda na gaz, na elektr bor, borlariga ham tayinli berilmaydi, metan gaz zapravkalarda gaz yo‘q, Propan va benzin zapravkalarda ertalabdan kmlab navbatlar. Ko‘pchilik odamlar qish kirganiga endigina 15 kun bo‘lgan bo‘lsa-da, allaqachon qish uchun g‘amlagan zaxirasini yarmidan ko‘pini ishlatib bo‘lishdi.

Lekin bu haqda biror joyda gapirib yurmanglar. Atrof to‘la “fikr politsiyasi” xodimlari yurishibdi. Yo jarima qilishadi, yo qamashadi”, degan Haydarov.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev esa Olimjon Haydarovning "yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibi"ni buzgan, deb topilib, buning uchun unga jazo belgilanganini “faqat sudga ma’lum bo‘lgan tartib”, deb izohladi.

“Shaxsan men shu kunga qadar "yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibi"ni ko‘rmadim ham o‘qimadim ham. Qidirib ham topolmayapman.

Ichki ishlar vazirligi mas’ullaridan ham so‘radim, yo‘q ekan”, deb o‘z xulosalarini bildirgan Kusherboyev.

Shuningdek, deputat bu tartib-qoida ochiqlanishini Oliy suddan talab qilgan.

“Suddan iltimos qilamiz: boshqalar ham tartibni buzib qo‘ymasligi uchun o‘sha o‘zlariga ma’lum "yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibi"ni bizlarga ham ma’lum qilib, tushuntirib berishsin. Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga ma’lum. Shu bois, Oliy suddan javob kutamiz”, degan Rasul Kusherboyev.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1240 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sudga, Oliy, Farg‘onalik, talab, chiqdi, jarimaga, Kusherboyev, 21 mln, Bloger, bilan, so‘m, tortildi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное