Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » INTERNET TARMOG'I

Google foydalanuvchilarni aldagani uchun jarimaga tortildi

Avstraliya federal sudi Google’ni 60 million Avstraliya dollari (42,8 million dollar) jarima to‘lashga majbur qildi. Bu haqda juma kuni Avstraliyaning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish davlat komissiyasi (ACCC) ma’lum qildi.
 

Belgilangan jarimaga sabab qilib Google kompaniyasi foydalanuvchilarning shaxsiy joylashuv ma’lumotlarini aldagani ko‘rsatilgan. 

Bayonotda aytilishicha, Google iste’molchilarga Android operatsion tizimi bilan ishlaydigan telefonlar tomonidan olingan shaxsiy joylashuv ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish bo‘yicha yolg‘on va chalg‘ituvchi ma’lumotlarni taqdim etgan.
 

Ma’lum bo‘lishicha, sud Google ‘‘Joylashuv tarixi’’ deb nomlangan xususiyat qurilmaning geolokatsiyasi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va saqlashning yagona yo‘li deb hisoblab, Avstraliya iste’molchilar qonunchiligini buzgan deb topgan. 

Komissiya raisi Gina Kass-Gottliyebning aytishicha, Google noqonuniy ravishda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlardan kontekstli reklama ko‘rsatish va foydalanuvchilarga ta’sir qilish uchun foydalangan. 

Ehtimol, kompaniyaning ba’zi mijozlari joylashuv ma’lumotlarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha boshqacha tanlov qilgan bo‘lardi, lekin Google ularni bu imkoniyatdan mahrum qildi, — dedi u.

Taxminan 1,3 million avstraliyalik foydalanuvchilar Google kompaniyasidan jabr ko‘rgan.

Avstraliya davlat komissiyasi sinov boshlanganidan keyin Google vaziyatni to‘g‘irlash uchun ma’lum choralar ko‘rganini, ammo zarar allaqachon yetkazilganligini ta’kidladi.



Manba:daryo.uz
Категория: INTERNET TARMOG'I
Просмотров: 919 | Рейтинг: 0| Рейтинг: foydalanuvchilarni, google, Uchun, tortildi, jarimaga, aldagani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:28
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное