Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Fe`l-atvoringizni bilasizmi? Eng kuchli jihatlaringizni aniqlang!





Mazkur test fe`lingizning eng kuchli jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Qarshingizda oddiy geometrik shakllar – uchburchak, doira va kvadratdan tashkil topgan 8 xil odam rasmlari. Ular orasidan o`zingizga yoqqanini tanlang va kuchli jihatlaringiz haqida ma`lumotlarga ega bo`ling!

 

Natijalar:

1. Boshqaruvchi

Birinchi raqamdagi shaklni tanlagan insonlarda boshqaruvchilik va tashkilotchilik qobiliyati rivojlangan bo`ladi. Ular notiqlik borasida ham kuchli sanaladilar. Turli davralarga tez kirishuvchan va ko`p masalalarda boshqalardan ustunliklarini namoyon etishga usta bo`lishadi.

2. Mas`uliyatli

Ko`p vaziyatlarda boshqaruvchilik qobiliyatlari sezilib tursa ham, ko`pincha tezkor qaror qabul qilishda ikkilanishlari pand berib qoladi. Bunday fe`l-atvorli insonlar o`z ishining ustasi bo`lishadi va har qanday vazifaga mas`uliyat bilan yondashishadi. O`zlariga va atrofdagilarga o`ta talabchan, haddan tashqari jonkuyar ekanliklari tufayli odatda asab kasalliklardan aziyat chekishadi.

3. Xavotirga beriluvchan

Ushbu rasmni tanlagan insonlar mayda qo`l mehnati faoliyatidan tortib, adabiyotgacha bo`lgan xilma-xil sohalarda iste`dodlarini namoyon eta oladilar. Odatda umr davomida birgina sohada ishlab o`tish bunday insonlar uchun o`ta zerikarli tuyulishi mumkin, kasblarni butunlay qarama-qarshi faoliyat turiga to`satdan almashtirib yuborsalar ajablanmasangiz ham bo`ladi. Tartibsizlikni aslo ko`tarolmasliklari tufayli boshqalar bilan ko`p tortishishlari mumkin. Tez xafa bo`ladilar va o`zlariga nisbatan ishonchsizliklari tufayli tasalliga ehtiyoj sezadilar.

4. Olimlar

Etti o`lchab bir kesish bunday insonlarga xos bo`lgan xususiyatlardan biri. Ular ruhiy jihatdan ham ancha bosiq insonlar toifasiga mansub bo`lishadi. Bunday insonlar odatda san`atning kino, sirk, teatr rejissurasi, multiplikatorlik kabi turlarida muvafaqqiyatga erishadilar.

5. Ichki sezgiga tayanuvchi insonlar

Ular tez asabiylashishlarga qaramay bir vazifadan boshqasiga oson o`ta oladilar va yangilikka o`ch bo`lishadi. Boshqalar manfaatini o`z ehtiyojlaridan ustun qo`yishga moyilliklari bor. Har qanday vaziyatda ham boshqalarga qo`pollik qilishmaydi va o`zlariga nisbatan baland ohangda gapirishlarini hazm qilolmaydilar.

6. Ixtirochi, konstruktor, rassom...

Texnik, tasviriy va aqliy faoliyat turlarida muvaffaqqiyatga erisha oladilar. Tashqi ta`sirlarga berilmay, o`z qoidalarida sobit turish ular uchun juda muhim. Hissiyotga beriluvchan va o`zlarining qobiqlariga o`ralib hayot kechirishga moyil bo`lishadi.

7. Ko`ngilchan

Hatto filmdagi noxush sahnalarni tomosha qilgach, ancha muddat o`zlariga kelolmay yuradilar. O`zgalarning qiyinchiliklarga sherik bo`lib, muammoli vaziyatlardan chiqish yo`llarni izlashga doim tayyor. Oxir-oqibat o`z muammolariga vaqt ajrata olishmaydi.

8. O`zgalar dardiga befarq

O`zgalar tashvishiga sherik bo`lish tuyg`usi ularga begona, ko`pincha boshqalarga befarq munosabatda. Ishxonada kuchli mutaxassis bo`lishsa, o`zlari to`g`ri deb hisoblagan narsanigina bajarishlari yoki bajartirishlari aniq.


Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 8217 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: fel
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Angela Tõğri ekan manda tõğri çiqdi :)
Like | 0
NuR_KR <_<
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное