Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Fohishaxonaga aylangan qahvaxona: Toshkent shahar IIBB “Ozodlik” tarqatgan xabarlarni rad etdi



9-mart, payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda turli internet nashrlar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyati haqida yolg‘on va uydirma xabarlar tarqatilayotganiga nisbatan munosabat bildirildi. Xususan, ichki ishlar xodimlarining tadbirkorlar faoliyatiga asossiz ravishda aralashayotgani va “belgilangan jarima summasini yig‘ish” majburiyati haqidagi soxta ma’lumotlar rad etildi.


Jumladan, “Ozodlik” radiosi tomonidan 2010-yildan buyon O‘zbekistonda “qora niqoblilar” guruhi kuchayib borib, tadbirkorlarni qo‘rquvga solayotgani, xususan, 2017-yil 3-mart kuni Chilonzor tumanidagi “Jizzax Siti” kafesiga ichki ishlar xodimlari itlar bilan bostirib kirib, kafe xodimlari va mijozlarini avtobusga solib, olib ketgani haqida xabar tarqatilgan.

“Ozodlik” xabarida, shuningdek, Toshkent shahrida ishlaydigan militsiya xodimlariga “4 million so‘mdan jarima yig‘ib kelish majburiyati” yuklatilgani, belgilangan reja bajarilmay qolgach, Chilonzor tuman IIB budjet oldidagi qarzdorlikni uzish uchun mazkur tadbirni amalga oshirgani haqida ham yozilgan.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Doniyor Toshxo‘jayev vaziyatga aniqlik kiritdi.

Aslida, Toshkent shahar IIBBga “Jizzax Siti” kafesida qo‘shmachilik, fohishalik va boshqa jinoyatlar sodir bo‘layotgani haqida tezkor xabar kelib tushgan. Shunga asosan, 2017-yil 3-mart kech soat 23:30 da Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida kafeda 25 nafar fohishalik bilan shug‘ullanuvchi qizlar, 30 nafardan ortiq muqaddam sudlangan shaxslar, Toshkent shahrida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan fuqarolar borligi aniqlangаn. Kafe rahbariyati vaqtinchalik yashashga ruxsati bo‘lmagan kishilarni ishga qabul qilganligi, soat 23:00 dan keyin ruxsatsiz ishlayotganligi ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan kafe rahbariyati javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi brifingda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5849 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkent shahar, IIBB, Fohishaxona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное