Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Qirolicha - Soundterck
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - music soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Pazanda - The Sound of Love
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Ko'sem: Sulton Usmon o'limidagi she'ri + music
Главная » Файлы » Qiziqarli

Forbes dunyoning eng yosh milliarderlari reytingini tuzdi



Forbes dunyoning 40 yoshgacha bo‘lgan milliarderlari reytingini e’lon qildi. 2016-yilda ularning soni 56 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagidan o‘n kishiga kam demakdir. Yosh milliarderlarning 30 nafari o‘z kuchi bilan boylik to‘plagan bo‘lsa, qolgani katta davlatlar merosxo‘rlaridir. Galereyada reytingning o‘n nafar ishtirokchisini keltirib o‘tamiz.

Aleksandra Andresen, 20 yosh, Norvegiya (1,2 milliard dollar)

Foto: Forbes

 

Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va opasiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.

Katerina Andresen, 21 yosh, Norvegiya (1,2 milliard dollar)

Foto: Forbes

Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.

Gustav Magnar Vitze, 23 yosh, Norvegiya (1,6 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan.

Jon Kollison, 26 yosh, Irlandiya (1,1 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.

Evan Shpigel, 26 yosh, AQSh (4 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: Snapchat asoschisi va ijrochi direktori.

Lyudvig Teodor Braun, 27 yosh, Germaniya (1,1 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 9,69 foiziga egalik qiladi.

Patrik Kollison, 28 yosh, Irlandiya (4 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: ukasi bilan Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.

Bobbi Myorfi, 26 yosh, AQSh (4 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: Snapchat messenjeri asoschilaridan biri.

Von Xan, 29 yosh, Xitoy (1,3 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: Juneyao Air aviakompaniyasining 27 foizini otasidan meros qilib olgan.

Yeva Mariya Braun-Lyudik, 30 yosh, Germaniya (1,3 milliard dollar)

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 11 foiziga egalik qiladi. Lyudvig Teodor Braunning amakivachchasi.



Manba:daryo.uz
Категория: Qiziqarli
Просмотров: 6319 | Рейтинг: 1| Рейтинг: milliarderlar, reyting, Forbes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное