Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Dunyoning eng ko‘p pul ishlab topgan aktyorlari reytingi!

“Forbs” jurnali dunyo mashhur aktyorlarining 2014-yil iyunidan 2015-yilg iyuniga qadar moliyaviy holatiga e’tibor qaratdi va ular orasidan eng ko‘p pul ishlab topganlar ro‘yxatini tuzdi.
Uch yildan beri ketma-ket Robert Daun “Forbs” tuzgan “Eng qimmat aktyorlar” reytingida eng yuqori o‘rinni zabt etib kelmoqda. “Temir odam” va “Qasoskorlar” uning hisobini 80 million dollar bilan boyitdi.
Jeki Chan “Ajdarho qilichi” blokbasteri orqali 50 million dollar ishlab topib, reytingning ikkinchi o‘rnini zabt etdi.  
Uchin o‘rinni “Forsaj”ning 7-qismi orqali topgan 47 million dollari bilan Vin Dizel egalladi. (Ushbu kartina dunyo bo‘ylab, 1,5 milliard yig‘di!)  4-o‘rinda Bredli Kuper (41,5 million), undan keyingi o‘rinda Adam Sendler (41 mln), “Bajarib bo‘lmas vazifa”ning “yangi”si orqali Tom Kruz (40 mln) reytingdan tegishli o‘rin oldi.  
7-o‘rindan boshlab, reytingga Bollivud yulduzlari aralashdi. Amitabx Bachchan (33,5 mln), Salmon Xon (33,5 mln), Akshay Kumar (32,5 mln). Undan so‘ng Mark Uolberg (32 mln).
Keyingi o‘ntalikda: Dueyn Jonson (31,5 mln), Jonni Depp (30 mln), Leonardo DiKaprio (29 mln), Chenning Tatum (29 mln), Krim Xemsvort (27 mln), Deniel Kreyg  (27 mln), Mettyu MakKonaxi (26,5 mln), Shohruh Xon (26 mln), Uill Smit  (26 mln) va Mett Deymon  (25 mln).
Long-listga dunyo mamlakatlaridan 34 ta aktyor kiritilgan bo‘lib, ularning jami (soliq to‘lovi inobatga olinmaganda) ishlab topgan pul 941 million dollarni tashkil etadi. “Forbs” ushbu reytingni tuzishda yulduzlarning yuristlari, menejerlari va agentlaridan olingan ma’lumotlarga tayandi.
Bunday “million dollarlik” reytingni o‘zbek kinosi vakillari orasida tuzish muammo. Birinchidan ulardan moliyaviy ma’lumotni olishning imkoni yo‘q (sir tutishadi, qo‘rqishadi yo aksariyat aktyorlarda hisob raqamining o‘zi yo‘q!). O‘zbek aktyorlari bilan kelishuv esa odatda agentlar yo yuristlar orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning o‘zi bilan muloqat orqali naqd pul evaziga kelishiladi. Va “million dollarlik” kelishuvlar haqida gap borishi esa orzudan boshqa narsa emas. Kezi kelib, balki biron aktyorimiz dunyoga dong‘i ketib, eng qimmat gonorar vakillaridan biriga aylanar?! Hozircha, bu yuqorida aytganimiz kabi orzu, “big” orzu!

 
Jasur HAMROYEV


Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 22668 | Комментарии: 13 | Рейтинг: 1| Рейтинг: ishlab topgan, Pul, eng ko‘p, aktyor, Dunyo, reyting
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 13
BaBy_DiNoOo Y zor
Like | 0
ZOIRJON Gap yo zur lekin qani Jason statham
Like | 0
Shaxzod6616 Qaniydi menam shuncha pul topsam -D
Like | 0
Fresh2710 Omadlarini bersin bizagayam nasib qisin wuncha pullar hisob raqamizni boyitib borsin.
Like | 0
Doston777 qoyileee
Like | 0
@Kamilla@ Y Y
Like | 0
@Kamilla@ Hmm Töğri ch
Like | 0
★Dorishunos092★ Qoyileeee...
Like | 0
NaTaLi To'ri
Like | 0
Damir_95_ Qanday baxtli odamlar a
Like | 0
azamat565 eyyyy gap yoq boru !
Like | 0
Damooo Orzu bu orzu. Amirxonni yo'qligi sababi u yilda bitta kinoda suratga tushadi. Juda oilaparvar.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:31
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное