Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Qani, keling, mullajiring! Yoxud boyib ketish sirlari

Qanday qilib ortiqcha qiyinchiliklarsiz boyish mumkin? Boyib ketish uchun shunchaki biror yumush bilan shug‘ullanish yoki biror joyda ishlashning o‘zi kamlik qiladi. Agar siz boyib ketishni istayotgan bo‘lsangiz quyidagi maslahatlar aynan Siz uchun.
Har qanday muammo juda qisqa vaqt ichida hal etilishi lozim. Shunday qilsangiz, muammo yechimiga ko‘p kuch sarflamaysiz. Qat’iyatli bo‘ling! Kamroq o‘ylaning va ko‘proq harakatda bo‘ling.
Boshqalar manfaati uchun kamroq ishlang. O‘zingiz yoqtirgan yumush bilan shug‘ullanish ish hisoblanmaydi.
Agar qo‘lingiz mo‘maygina pul ko‘rishini istasangiz, bozorga qiymatli mahsulot olib keling, uning o‘zi sizga pulni olib keladi.
Qanday qilib bir oyda kamida 5 million topish mumkinligi haqida o‘ylang, ziyod bo‘lsa ziyod, ammo kam emas.
Pul sizga o‘zga odamlar orqali keladi, shuning uchun ko‘proq muloqotda bo‘ling!
Unutmang, pulsizlik – mas’uliyatdan qochish natijasida yuzaga keladi.
Agar pulingiz oz bo‘lsa, tadbirkorlik bilan shug‘ullaning, agar pulingiz umuman bo‘lmasa, unda hozirdanoq tadbirkorlikni boshlang! Muammoni izlab ko‘ring va keyin uning yechimini toping. Eng muvaffaqiyatli yechimni biznes-loyiha ko‘rinishiga keltiring va investorlarga taqdim eting. Statistik ma’lumotarga qaraganda, baxtga qarshi 80% odamlar bunday mas’uliyatni bo‘yinlariga olishga botina olmaydi. Omadsizlikka uchrashi mumkinligi haqidagi qo‘rquv bunga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham jamiyatdagi 80% odamlar o‘rtacha daromadga ko‘nib yashaydi.
Pulni tejab ishlatishni o‘rganing, kirim har doim chiqimdan yuqori bo‘lishi kerak.
Dunyoning eng boy kishilari biografiyalari bilan qiziqing va ularning fikrlarini o‘rganing.
Orzu qiling va uning ro‘yobiga ishoning, inson orzu qilishdan to‘xtasa, yashashdan ham to‘xtaydi.
Hech qanday manfaatlarni ko‘zlamay, chin yurakdan o‘zingiz ko‘maklashishni istagan odamlarga yordam bering, u biror tanishingiz yoki qarindoshingiz bo‘lishi shart emas.
Odamlarning sizga yoqqan jihatlarini maqtashdan tortinmang, bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi.
Va so‘nggi maslahat: HECH QACHON ortga chekinmang!
Sizni bilmadim-u, men bugundan bu qoidalarga rioya qilishni boshlayman ;-)


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 14317 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Pul, boyib ketish sirlari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
mgulifar albatda inson doim orzu qilib yawawi kerak
va doim harakatda bo'liw lozim
Like | 0
abduvohid1900 Pul bu dunyoda qoladigan narsa. Br qog'oz xolos. Siz bu dunyoga tawlab ketadiganmas u dunyoga olb ketadigan xarqandaynarsani toplawga eslab qoliwga va uni yod oliwga xarakat qiling zero u dunyoda pulin bormi deb emas "ALLOH" uchun nma amal qilding deb so'raladi

Admin iltoms bu gaplarimi allabat kamentga qo'shing
Like | 0
Ateist hi hitler, nos chekmanglar
Like | 0
alihan Pulni kopaytiraman dep haromga kiriwdanHudo asrasin togrimi
Like | 0
oxucha225 Хаммаси худодан.
Like | 0
guli101192 Huda beraman desa beradi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 05:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное