Toshkentda qizil chiroqqa to‘xtagan Lacetti’dan 12 million so‘mni olib qochishdi
Toshkentning Olmazor tumani IIBga fuqaro R. Hikmatulla murojaat qildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIVning “Na postu” gazetasi.
U o‘zining Lacetti mashinasida shahar chorrahalaridan biridagi svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtagan, shu vaqt uning mashinasiga bir yigit “uchib kirib”, o‘tirib olgan.
Pichoq bilan tahdid qilgan noma’lum shaxs haydovchidan mashinadan bor hamma pulni berishni talab qilgan, dovdirab qolgan Lacetti egasi esa ichida 12 million so‘m bo‘lgan xaltani to‘tqazib yuborgan.
“Tezkor-qidiruv ishlari davomida gumonlanuvchining shaxsi aniqlandi. Tez orada u va uni “sotgan” hamtovog‘i qo‘lga olingan. Ular muqaddam sudlangan 30 yoshli Z. Shuhrat va M. Ulug‘bek bo‘lib chiqdi”, – deyiladi gazeta xabarida.