Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

“DUNYO” U “TELBA”DAN QANDAY FARQ QILADI?

Kecha, 20-aprel kuni Alisher Navoiy san’at saroyida Yolqin To’ychiyevning "Dunyo” filmi premyerasi bo’lib o’tdi.


Bosh rollarda: Adiz Rajabov (Shavkat), Nargiza Solmonova (Rayhon). 

Rollarda: Nozim To’laxo’jayev (Rayhonning dadasi); Akbarxo’ja Rasulov (Qodir, Shavkatning do’sti); Alisher Uzoqov (Rayhonning xolavachchasi);  Saida Rametova (Shavkatning ammasi) va boshqalar. 


QISQACHA MAZMUNI:

Shavkat (Adiz Rajabov) toshkentlik, 7 yoshida ota-onasi halokatga uchraganidan keyin yetim bo’lib, ammasining qo’lida katta bo’lgan. Mashinalarga o’zini urib, haydovchilarni shantaj qilib, tirikchilik qiladi. Shu usulda pul yig’ib "Spark” oladi. 

Rayhon (Nargiza Solmonova) buxorolik, badavlat oilaning qizi. Toshkent tibbiyot akademiyasida o’qiydi. Shu sababli Toshkentga kelgan va xolasining uyida yashaydi. Dadasining rejasi va bojalarning o’zaro kelishuvi aosida Rayhon xolasining o’g’li (Alisher Uzoqov) bilan yaqindan tanishishi kerak va kelgusida ularning to’yi bo’lishi kutilmoqda. 

Biroq har doim ham bandasining aytgani bo’lavermaydi. Rayhon va Shavkat bir-biriga ko’ngil qo’yadi. Bundan xabar topgan Rayhonning dadasi rozilik bermaydi. Shavkatning ammasi ularni uyga qo’ymaydi. Shu sabab ikki yosh ko’chada qoladi. Shunda ular Shavkatning uyidan panoh topishadi. 

Taqdir ularni qattiq jazolaydi. Rayhonga gul olish uchun yo’ldan o’tayotgan Shavkatni mashina urib ketadi va yurolmaydigan nogiron bo’lib qoladi. Endi og’ir yuk Rayhonga tushadi va tirikchilikning achchiq mazasini tatib ko’radi. Ikki yosh hayot faqat orzu-havasdan emas, balki turli mashaqqat va sinovlardan iborat ekanini his qiladi. 

Film oxiri esa… Uni o’zingiz ko’rganingiz ma’qul. 


FILM HAQIDA

* Film boshida bachkana ko’rindi, o’zbek kinosini oqsatayotgan ayrim unsurlar ko’zga tashlanganday bo’ldi, biroq voqealar rivojlanib borgani sayin uning zamirida jiddiy mazmun yotgani anglashildi. 

* Akbarxo’ja Rasulov bu filmda o’zining yangi qirralarini yaqqol namoyon etdi. Uning plastikasiga barcha tomoshabinlar tan berdi. Akbarxo’ja komik rollarni o’ynashda Alisher Uzoqovning o’rnini egallashi shubhasiz. 

* Filmda yig’latadigan sahnalar juda ko’p. Masalan, Shavkat va Rayhonning uy-joy qilish uchun yiqqan pullari Qodirning uyida yo’qolganidan keyin ammasining uyiga qaytish sahnasi. Hech qanday unsiz, bir og’iz gapirmasdan o’ynalgan. Shavkatning ming pushaymon bilan qaytgani, ammasining qanday iztirob bilan uni qabul qilgani, Shavkat tiz cho’kayotganda ammasi oxiri chiday olmasligi… 

Yoki yoqilg’i quyish shohbchasida ishlayotgan Rayhon dadasi bilan uchrashib qoladi. Boy ota tirikchilik uchun qora ish qilayotgan qaysar qizini ko’rgani, o’zaro sog’inch va alam… Bularni so’z bilan tushuntirib bo’lmaydi. 

* Ikki yoshning o’z hayoti uchun kurashi xuddi "Telba” filmini esga tushirdi. Qiz boy oliladan, yigitning dadasi yo’q, o’zi kambag’al, kasb-korining tayini yo’q. Boy o’ziga teng odam bilan quda bo’lishni istaydi, qiz esa kambag’alni sevadi. "Telba”da faqat ota oq fotiha bergan edi, "Dunyo”da esa rozi bo’lmadi. 

* Albatta, filmda tushunarsiz holatlar ham bor. Rayhonning onasi film oxirigacha aks ettirilmadi. Na Toshkentda, na Buxoroda. Axir bir yildan buyon uyiga bormayotgan qizning taqdiridan ona degan xavotir oladida. Hatto o’gay bo’lsa ham. 


Umumiy ma’noda film muvaffaqiyatli chiqqan, deb bemalol aytish mumkin. Fikrlaringizni kutamiz.

 



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 5988 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Telba, Dunyo
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
zumrad991 xozirgi kunda filmlar turi judayam ko'p. Lekin tarixda qoladigani yo'q.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное