Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Go‘shtsiz sendvich dunyodagi eng yaxshi burger sifatida tan olindi

Amerikadagi GQ jurnali tadqiqot o‘tkazib, "Eyish va olib yurish mumkin bo‘lgan eng yaxshi 50 narsa" ro‘yxatini tuzdi va dunyodagi eng yaxshi burgerni aniqladi. Unga ko‘ra, Nyu-Yorkning Manxetten tumanida joylashgan Superiority Burger restoranida tayyorlangan go‘shtsiz burger shunday nomga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Metro nashri xabar qilgan.
Ma’lum qilinishicha, bulochka, aysberg salati, tomat, qayla va vegeterianlar kotletidan iborat bunday burgerning narxi 6 dollar. Uning muallifi bo‘lmish oshpaz Bruks Xedli uning tayyorlanish sirlarini oshkor qilmagan. Oshpazning aytishicha, ayni vaqtda go‘shtsiz sendvichlarga talab o‘smoqda.
GQ jurnali dunyodagi eng yaxshi burgerlar suratlarini Instagramdagi sahifasiga joylashtirgan.
Taklif qilingan burgerlar orasida Nyu-Yorkning Upland restorani mahsuloti bo‘lgan qo‘ziqorinli taom, Chikagodagi Bottlefork restoranida tayyorlangan chipslar, tuxumli pashot, Charlston (Janubiy Karolina) shahridagi Callie’s Black Pepper Bacon Biscuits brendi ostidagi pechenelar bor.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 3295 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sifatida, Go‘shtsiz sendvich, Dunyo, tan olindi, eng yaxshi, burger
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное