Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Fransiyada 10 ming gektarga yaqin o‘rmon yonib ketdi (fotoreportaj)

 
Fransiyada joriy hafta boshidan buyon 10 ming gektarga yaqin o‘rmon maydoni yonib ketdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bergan.

Mamlakat rasmiylariga ko‘ra, 8 avgustdan beri Fransiyadagi o‘rmon yong‘inlari 9830 gektar maydondagi yashillikni yo‘q qilgan.



 
Mamlakat janubi-g‘arbidagi Jironde departamenti eng ko‘p zarar ko‘rgan – u yerda 7,4 ming gektar o‘rmon yonib ketgan. G‘arbda, Men va Luarada yong‘in 1,5 ming gektar, mamlakat janubidagi Averon va Lozerda – 730 gektar, Ardesheda – 200 gektar maydonni yo‘q qilgan.
 

 
Jironde o‘t o‘chirish boshqarmasi boshlig‘i Mark Vermelenning aytishicha, kecha, 11 avgust kuni yong‘inlarni o‘chirishda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan. Yong‘inni o‘chirish davom etmoqda.

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born avvalroq mamlakat Yevropa Ittifoqidan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha yong‘in o‘chirish samolyotlarini so‘rashini maʼlum qilgan. 
 

 
Aytish joizki, Fransiyada sodir bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli suv isteʼmoliga katta cheklov joriy qilindi. Pei-de-la-Luar va Yangi Akvitaniya mintaqalaridagi baʼzi departamentlarda har qanday ustuvor bo‘lmagan, shu jumladan qishloq xo‘jaligi uchun suvdan foydalanishni cheklovchi qizil ogohlantirish eʼlon qilingan.
 




Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 630 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘rmon, yonib, KETDI, yaqin, ming, Fransiyada, 10, gektarga, (fotoreportaj)
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное