Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yunusoboddagi “Minor” masjidi yaqinida BMW yonib ketdi
Toshkent shahri Yunusobod tumanida BMW avtomashinasi yonib ketdi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning 18-iyun kuni soat 19:30 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani KXAY ko‘chasida haydovchi, 1986-yilda tug‘ilgan O.I. BMW rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, ushbu ko‘chada joylashgan “Minor” masjidi yaqiniga yetgan vaqtida dvigatel qismida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli avtomobilni yo‘l chetiga to‘xtatgan. Qisqa tutashuvdan so‘ng yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Avtomobilga zarar yetgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga soat 19:38 da yetib borib, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 19:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Yunusobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.

Bundan avval Samarqanddagi qabristonda yong‘in sodir bo‘lgani, Angrenda Nexia bilan to‘qnashgan Lacetti yonib ketgani hamda Jizzaxdagi gaz “zapravka”da yuk mashinasi butkul yonib ketgani haqida xabar berilgandi.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3486 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Minor, BMW, masjid, yonib, yaqinida, Yunusobod, KETDI
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное