Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yunusobodda nafaqa yoshidagi qallob qo‘lga olindi

1956 yili Surxondaryoda tug‘ilgan Abdumavlon Eshboyev qalloblik yo‘li bilan 5.5 mln so‘m pulni o‘zlashtirishda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bir kuni namanganlik Ahad Ergashev betob bo‘lib qolgan turmush o‘rtog‘ini Toshkentdagi shifokorlarga ko‘rsatib, Chustga qaytib ketayotganida, yo‘lda Eshboyevni uchratib qolgan va manziliga eltib qo‘yishga rozi bo‘lgan.
Gap orasida ayolning betobligini bilgan Eshboyev uzoq yillar tibbiyot sohasida ishlaganini va bu sohada tanishlari borligini, Toshkentdagi yaxshi shifoxonalardan biridan joy gaplashib berishini aytgan.
Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, u Toshkentga Ergashevning o‘g‘li Elmurodni chaqirib, joy topganini aytgan va buning evaziga 400 ming so‘m pul olgan.
Keyinroq ushbu shifoxonada 50 kun davolanilishi va har kun uchun 100 ming so‘m to‘lanilishini aytib, Ergashevlardan yana 5 mln so‘m olgan. Lekin shu bilan shifoxona haqidagi gaplar unutilib, Eshboyev g‘oyib bo‘lgan.
Ergashev bir necha oy davomida uni topa olmagach, IIBga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tekshiruv ishlari natijasida qallob qo‘lga olingan va javobgarlikka tortilgan.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4320 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 0| Рейтинг: nafaqa yoshi, Yunusobod, qallob, qo‘lga olindi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
samiya Kotta yoshdage odamla shu ishni qilsala uyateee
Like | 0
Skilful Exxey bizada nima bo'p ketivotti yoshlarni yoshlik qildi desak bularni chi...?
Like | 0
podsnejnik Qoyile qachon tugarkin qalloblar?
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:09
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное